So’nggi yangiliklar

18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0 14:08UFC рейтинги янгиланди: Хамзат Чимаев илк бор P4P рейтингида! 0 13:47UzChess Cup. Бугун Нодирбеклар ўзаро ўйнайди, 6-тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 13:26Дана Уайт Канело — Кроуфорд жанги UFC Noche турнирига ҳалақит берадими деган саволга жавоб берди 0

16 dek 12:38
Yangiliklar

Futbol

Jaloliddinovning agenti: "O'zbekistonda 12 nafar futbolchi bizning mijozimiz"

Rossiyalik futbol agenti Yuriy Belous Nobel Arustamyanning ko'rsatuvida o'zbekistonlik futbolchi Jasur Jaloliddinov va uning atrofida ro'y berayotgan voqelarga o'z munosabatini bildirdi.

"Lokomotiv" iqtidorli futbolchini qo'lga kiritgani shubhasiz. Men klub rahbariyatining o'rnida bo'lganimda o'zbekcha gaplashib olardim, jurnalistlarni chaqirardim va tanishtirardim. "Loko" nima uchun bunday qilmaganidan hayratlandim. Tomonlarning kelishuvi va ishlari haqida fikr bildirishim qiyin. Men shuni aytishim mumkinki, bu yuz foiz shaffof transfer. Futbolchi keldi, "Bunyodkor" esa yaxshigina mablag'ga ega bo'ldi. Uni "Tambov"ga ijaraga berishgani va boshqa voqealar bo'lib turadigan holat. “Tambov” rahbarlari bilan aloqalarim yaxshi. To'g'ri u o'ynashni istamoqda. Kubokda maydonga tushdi. Aleksey Miranchuk kabi tayyor futbolchi bo'lganida boshqa gap edi.

Ha, kompaniyamiz ko'plab o'zbekistonlik futbolchilar bilan shartnoma imzolagan. Ularni menejerlar ko'rishadi, malumot berishadi. “Paxtakor”, “Bunyodkor” va boshqa klublardan ham futbolchilar mijozimiz hisoblanadi. Umumiy hisobda 12 futbolchi. Jaloliddinov atrofidagi ziddiyatlar “Bunyodkor”ning muammosi. “Lokomotiv” o'z vazifasini bajardi. U erkin agent sifatida keldi. Klub FIFA qoidalariga ko'ra kompensaciyani to'ladi. Jaloliddinovning shartnomasida klub istayotgan pul yozilgan. “Bunyodkor” mo'maygina pulni oldi. U erda bir direktor ketdi, o'rniga boshqasi keldi va shartnomani uzoq vaqt topa olishmadi. Bu – O'zbekiston. Nima, Rossiyada bunday holatlar bo'lmaydimi?",- deydi Belous. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing