09 iyu 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Jasur Alijonov nima uchun Ramazon Temirovning Asu Almabaev bilan jang qilishini xohlamaganini aytdi
Murabbiy Jasur Alijonov shogirdi, UFC jangchisi Ramazon Temirovning navbatdagi jangi haqida gapirdi.
Temirov 26 iyul kuni Abu-Dabidagi UFC turnirida qozog'istonlik Asu Almabaev bilan jang qiladi.
"Bu jangni sal keyinroq bo'lgani yaxshiroq, deb o'ylagandim. Agar chempionlik jangi bo'lganida chiroyli vaziyat bo'lardi. Lekin UFC shuni berdi va agar qabul qilmasak, boshqa oyda, boshqa raqib berishlarini aytishdi. Keyin qabul qilishga majbur bo'ldik. Bu ham sinov, ham tramplin.
SHundan o'tib olsa, Top-5`ga kirib oladi, kamarga ancha yaqin keladi. Kimdir yutqazsa, Top-15`talikdan tushib qolishi mumkin. SHuning uchun ham, bu jang uchun hali erta, deb o'ylagandim", deydi Alijonov.
To'liq suhbatni tomosha qiling:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar