So’nggi yangiliklar

15:56Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими? 0 15:35Лукашенко Соболенкони US Open чемпионлиги билан табриклади 0 15:14Исроил Мадримов докторлик йўлидаги илк ҳимоядан ўтди 0 14:53Арина Соболенко US Open бош соврини билан фотосессияда иштирок этди 0 14:32ОЧЛ 2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради 0 14:11Grand Swiss 2025. Абдусатторов пешқадамга, Гулдона жаҳон чемпионига қарши (4-тур жуфтликлари) 0 13:50Жаҳон чемпионатида биринчи бўлган дзюдочиларимизни энди Осиё чемпионати кутмоқда 0 13:29Ислам Махачев кеча ютқазган Маурисио Руффига маслаҳат берди 0 13:08Роналду Мессидан ўтиб кетди 0 12:47US Open. Учталик матчболдан чиқиб кетган жуфтлик чемпион бўлди 0 12:26Хамзат Чимаев Имавов - Борральо жангига иккита сўз билан муносабат билдирди 0 12:05Пол Крэйг 37 ёшида спортчилик фаолиятини якунлади 0 11:44Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди 0 11:23Терма жамоамизнинг Кисловодскдаги машғулот йиғини якунланди 0 11:02ЎзДЖТСУда миллий кураш куни кенг нишонланди 0

24 noy 03:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Jiri Proxazka jarohat oldi. U va Glover Teysheyra o'rtasidagi UFC 282 musobaqasidan o'rin olgan chempionlik jangi bekor bo'ldi

Jiri Proxazka jiddiy jarohat oldi.

Jiri Proxazka endi yarimog'ir vazn toifasida UFC chempioni emas va u UFC 282 musobaqasida jang qila olmaydi.

Proxazka (29-3-1 MMA, 3-0 UFC) va ushbu vaznning sobiq chempioni Glover Teysheyra (33-8 MMA, 16-6 UFC) o'rtasidagi UFC 282 musobaqasining markaziy jangi bekor qilindi. Bunga sabab, Proxazkaning elkasidan jiddiy jarohat olganidir.

Proxazka mazkur jangda ishtirok eta olmasligi oydinlashgach, Magomed Ankalaev (17-1 MMA, 9-1 UFC) Yan Blachovichga (29-9 MMA, 12-6 UFC) qarshi UFC 282 musobaqasining markaziy jangida vakant qolgan kamar uchun jang qiladigan bo'ldi.

"Yarimog'ir vazn toifasida UFC chempioni Jiri Proxazka elkasidan jarohat oldi, bu jiddiy tiklanish davrini talab qiladi. Sportchilar va divizionni hurmat qilgan holda, Proxazka o'z unvonini vakant qoldirishga qaror qildi va u tibbiy ruxsat olishi bilanoq kamar uchun kurashadi", — deyiladi UFC rasmiy bayonotida.

Teysheyra nima uchun chempionlik uchun jangidan chetga chiqqani malum emas. Yahoo Sport nashrining xabar berishicha, Teysheyra chempionlik jangida qatnashishni rad etgan.

UFC 282 10 dekabr kuni Las-Vegasdagi T-Mobile Arena'da bo'lib o'tadi.

UFC 282 musobaqasining ayni damda yuzaga kelgan kardi:

Yan Blaxovich - Magomed Ankalaev - yarim og'ir vazn toifasidagi vakant chempionlik uchun

Robbi Louler - Santyago Ponzinibbio

Jared Gordon - Peddi Pimblett

Brays Mitchell - Iliya Topuriya

Filipp Lins - Ovins Sen-Pre

Dalcha Lungiambula - Edmen SHahbazyan

Drikyus Dyu Plessi - Darren Till

Kris Daukaus - Jairzino Rozenstrayk

Aleksandr Ernandes - Billi Kuarantilo

Ti Jey Braun - Erik Silva

Xoakin Bakli - Kris Kyortis

Ronni Lourens - Kemeron Sayman

Daniel da Silva - Vinisius Salvador.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing