07 sen 12:47
Yangiliklar
Tennis

US Open. Uchtalik matchboldan chiqib ketgan juftlik chempion bo'ldi
Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining erkaklar o'rtasidagi juftlik bahslarida chempion aniqlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik Marsel Granolers va argentinalik Orasio Sebalos tandemi kambek evaziga britaniyalik tennischilar Jo Solsberi hamda Nil Skupskini 3/6, 7/6(4), 7/5 hisobida mag'lub etdi. Marsel va Orasioning uchtalik setboldan chiqib ketganida etiborga molik holat.
US Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok chempionlarga 2000 reyting ochkosi va 1 000 000 dollar mukofot puli keltirdi. Vice-chempion Solsberi va Skupski ikki haftalik mehnatidan 1200 ochko hamda 500 000 $ mukofot puli ishlab oldi. Granolers va Sebalos "Rolan Garros" turnirining finalida ham aynan britaniyalik raqiblarini taslim etgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar