07 sen 14:53
Yangiliklar
Tennis

Arina Sobolenko US Open bosh sovrini bilan fotosessiyada ishtirok etdi
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open 2025 turnirida chempion bo'lgandi.
Belaruslik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 9-o'rinni egallab turgan amerikalik Amanda Anisimovani mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 7/6(3). Bu bilan Arina AQSH Ochiq chempioni sifatidagi unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Sobolenko ananaga ko'ra, final bahsidan keyin ilk fotosessiyada ishtirok etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar