So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

18 dek 08:06
Yangiliklar

Tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sportni faol targ'ib qilgan korxona-tashkilotlar taqdirlandi FOTOREPORTAJ

G'oliblarni taqdirlash marosimi poytaxtimizdagi Zarafshon koncert zalida tashkillashtirildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 yanvardagi «Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi

6-son Qarori ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tanlov o'tkazib kelinmoqda. Kecha mazkur tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'oliblarni taqdirlash marosimi poytaxtimizdagi «Zarafshon» koncert zalida tashkillashtirildi.

 Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov so'zga chiqdi.

- Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita rahnamoligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishga alohida etibor qaratib kelinmoqda. Bugungi o'tkazilayotgan tadbirimiz ham mana shu say-harakatlar davomi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Fursatdan foydalanib, «Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun» tanlovida g'olib deb topilgan barcha korxona-tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarini samimiy muborakbod etaman.

Ushbu tanlovda tashkilotlarning barcha bo'linmalari miqyosida tashkil etilgan sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini muntazam ravishda o'tkazganligi uchun hamda aholining keng qatlami orasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun nominaciyalarida g'oliblar aniqlandi.

Unga ko'ra, 2020 yili o'tkazilgan tanlovda korxona-tashkilotlar o'rtasida «O'zbekiston temir yo'llari» akcionerlik jamiyati o'z xodimlari orasida sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini muntazam ravishda tashkil etganligi uchun g'oliblikka munosib ko'rilgan bo'lsa, «Aholining keng qatlamlari o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun» nominaciyasida bu safar Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligi eng ko'p ovoz bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Tanlov g'oliblariga «Jismoniy tarbiya va sport alochisi» ko'krak nishoni hamda O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

Malumot uchun, 2019 yil korxona va tashkilotlar o'rtasida o'tkazilgan «Tashkilotlarning barcha bo'linmalari miqyosida tashkil etilgan sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini muntazam ravishda o'tkazganligi uchun» nominaciyasida g'oliblik Toshkent viloyatining “Maxam-Chirchiq” akcionerlik jamiyatiga nasib etgan bo'lsa, «Aholining keng qatlamlari o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun» nominaciyasi bo'yicha Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi g'olib, deb topilgandi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing