So’nggi yangiliklar

19:01ФИДЕ тарихидаги илк рейтинг рўйхати қандай бўлганини биласизми? 0 18:39Рой Жонс – Емельяненко билан жанг ҳақида: "Пул бўлса, муаммо йўқ" 0 18:17Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари 0 17:53Россиялик Олимпиада совриндори допинг туфайли дисквалификацияга дучор бўлди 0 17:25FIDE рейтинги. Магнус Карлсен етакчи, Абдусатторов пастлади, Рамешбабу Тошкентдаги турнирдан сўнг кўтарилди 0 17:01Геннадий Головкин World Boxing раҳбарига айланиши мумкин 0 16:39Ла Лига раҳбари клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан" 0 16:18Гулруҳбегим Тохиржонова: "Бу мукофот ишонч рамзи" 0 15:56IBA.Pro 7: Бугун юлдузлар иштирокидаги турнирда Мадияр Саидраҳимов жанг қилади 0 15:36IBA 2025 йилги жаҳон чемпионати мезбонини эълон қилди 0 15:28Расман: Оливье Жиру "Лилл"га ўтди 0 15:05Эксперт: "Царукян — Топурия учун энг хавфли рақиб" 0 14:44Президент Спорт вазирини қабул қилди. Унда бир қатор янгиликлар эълон қилинди 0 14:21Пэдди Пимблетт ва Жастин Гэтжи ўзаро жанг қилиши мумкин 0 14:00"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди (ФОТО) 0

24 sen 14:11
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Jiu-jitsu ustasining qizi UFC kamari uchun harakatni boshladi. U nafaqat kuchli, balki go'zal hamdir... + FOTOGALEREYA

Teglar :  UFCMakkenzi Dern
Makkenzi Dyorn - hozirgi vaqtdagi eng kuchli MMA jangchilaridan biri.

27 yoshli jangchi mashhur jiu-jitsu ustasi Vellington Diasning qizi hisoblanadi. SHu sababli ham uning jang uslubida kurash asosiy o'rinni egallaydi. Dyorn uch yoshidan boshlab otasi bilan mashg'ulotlar olib boradi. Uning zarbalari ham kuchli va xavfli, lekin g'alabalarining barchasiga og'ritish usuli bilan yoki ochkolar hisobiga ko'ra erishgan. 

Yaqinda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 178 kechasida Makkenzi yana bir bor qanday kuchga ega ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Asli braziliyalik bo'lgan qizaloq tajribali Randa Markosga qarshi jang qildi. Jangdan avval kanadalik Randa o'ziga yuqori baho berdi va Makkenzini kurash usuli bilan mag'lub etishga vada berdi. Ammo... jangning birinchi soniyalaridan boshlab Dyorn olg'a bordi va birin-ketin kuchli zarbalar bilan raqibasini «siyladi». Keyin Makkenzi xavfli bo'lgan xay-kik zarbasini yo'lladi va zarba to'g'ri Markosning boshiga etib keldi. SHundan so'ng esa 27 yoshli go'zal raqibasini parter holatiga soldi va birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida og'rituvchi usul bilan g'alaba qozondi.

Jang yakunida esa Makkenzi Dyorn raqibasiga minnatdorchilik bildirib qo'ydi. Bu g'alabadan so'ng Makkenzining oktagondagi g'alabalari soni to'qqiztaga etdi. SHulardan oltitasini og'rituvchi usul bilan erishgan. Dyorn jang vaqtida raqiblarini oyoq zarbasi bilan ushlashga harakat qiladi va keyin ularni parterda qiynaydi. Braziliyalik sportchi faoliyati davomida faqatgina bir marta Amanda Ribasga imkoniyatni boy berib qo'ygan. Lekin bu mag'lubiyat ham uning foydasiga ishladi. Sababi mag'lubiyatdan so'ng Makkenzi jismoniy holatiga alohida ishlashni boshladi va chidamlikni oshirdi. Dyornning farzandli bo'lishi esa unga yana bitta plyus olib keldi. CHunki shundan so'ng Makkenzi xonim vazn tashlashda umuman qiyinchilikka uchramayapti. Ayni vaqtda eng engil vazn toifasida 14-raqamda saralangan Makkenzi Dyorn chempionlik kamari uchun harakatni boshlab yuborgan. Nima bo'lgan taqdirda ham UFC go'zaliga kelajakdagi faoliyatiga omad tilab qolamiz.






Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing