02 iyu 15:28
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Olive Jiru "Lill"ga o'tdi
Franciyalik ujumchi Olive Jiru Liga 1ga qaytib, "Lill" bilan bir yillik shartnoma imzoladi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.
"Los-Andjeles" bilan shartnomasi tugaganidan so'ng erkin agent sifatida vataniga qaytgan 38 yoshli hujumchi 9-raqamni oldi. Jiru 13 yil o'tib Franciya chempionatiga qaytdi.
U vataniga qaytishdan xursandligini bildirib, "Lill" prezidenti Olive Letangning taklifi uning uchun ochiq-oydin tanlov bo'lganini takidladi.
Kanadalik hujumchi Jonatan Devidning 2025 yil iyul oyida yangi shartnoma yo'qligi sababli klubni tark etishi fonida Jiru bilan shartnoma imzolanishi jamoa hujum chizig'ini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Havola :
Manba : losc.fr
Fikrlar