05 may 14:30
Yangiliklar
Velosport
Yaxshi yangilik: Velosportchimiz "Giro d’Italia" nufuzli turnirida ishtirok etadi
O'zbekiston terma jamoasi va Italiyaning "Bardiani CSF 7 SABER" professional jamoasi azosi Nikita Cvetkov dunyoning eng nufuzli hisoblangan "Giro d’Italia" ko'pkunlik musobaqasida ishtirok etadi.
Bu haqda klub matbuot xizmati hamda O'zbekiston velosport federaciyasi xabar berdi.
Qayd etish kerak, so'nggi bor erkak sportchilar orasida hamyurtlarimizdan 2012 yili Sergey Lagutin "Giro d’Italia" musobaqasida ishtirok etgandi. Oradan 14 yil o'tib, Cvetkov ham ushbu musobaqada startga chiqadigan bo'ldi.
Nikita o'tgan hafta "Bardiani CSF 7 SABER" safida "Tour of Turkiye" ko'p kunlik poygasining beshinchi bosqichida bronza medalini qo'lga kiritgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar