11 okt 18:52
Yangiliklar
Velosport

"Jiro d'Italiya" velopoygasi endi ikki kutilmagan davlatdan boshlanadi
Joriy yildan boshlab, shosse yo'nalishidagi nufuzli "Jiro d'Italiya" velopoygasi yangi xorijiy mamlakatlarda ham o'tkaziladi.
Musobaqa tashkilotchisi Urbano Kayro bu haqda quyidagicha fikr bildirdi:
"Biz may oyida Albaniyada boshladik, kelasi yil esa Bolgariyada start beramiz. Bu tashabbuslar ijobiy tasir ko'rsatmoqda va biz tashrif buyurgan mamlakatlarda, shuningdek, yangi hududlar bilan tanishayotgan italiyaliklar tomonidan qadrlanmoqda. Biz Italiya eksportini oshiryapmiz, bu bizning mamlakatimiz maqsadi", deydi Kayro.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi ayollar o'rtasidagi velopoygada O'zbekistonning Tashkent City Womens jamoasi ham ishtirok etgandi.
Havola :
Manba : МатчТВ
Fikrlar