So’nggi yangiliklar

14:57Шомуродов? ФИФА ЖЧ-2026 гуруҳ босқичининг энг чиройли голига номзодларни эълон қилди 0 14:23Соболенко "Уимблдон"да ўз дизайнидаги тақинчоқларда ўйнайди + ФОТО 0 13:51Асу Алмабаев UFC’да ноёб ютуққа эришди 0 13:18Усикнинг жамоасида камарларни эгасиз қолдириш қарорини изоҳлади 0 12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0

02 iyu 14:44
Yangiliklar

Tadbirlar

Prezident Sport vazirini qabul qildi. Unda bir qator yangiliklar elon qilindi

Prezident SHavkat Mirziyoev 1 iyul kuni Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Malumki, 2024 yilda Parijda o'tgan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida har ikki yo'nalishda 13-o'rinni egallagan edi. Joriy yil 13 fevralda bo'lgan videoselektor yig'ilishida yurtimizda olimpiya harakatini yanada rivojlantirish, kelgusidagi musobaqalarga puxta hozirlik ko'rish vazifasi qo'yilgandi. SHunga muvofiq, 2028 yilda AQSHning Los-Anjeles shahrida bo'ladigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Qaror bilan 10 ta ustuvor vazifa belgilanmoqda. Bular – sport turlarini ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratgan holda kuchaytirish, natijador sport turlari geografiyasini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni quyi bo'g'indan boshlab shaffof usulda saralab olish, xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslangan milliy metodika yaratish, terma jamoalar uchun aniq maqsad va natijadorlikka yo'naltirilgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash kabilardir.

SHuningdek, O'zbekiston sportchilarini 2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash dasturi va maqsadli ko'rsatkichlar belgilanmoqda.

Bu sohadagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Milliy olimpiya qo'mitasining 14 ta hududiy bo'limi tashkil etildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Olimpiya harakatini rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus vakili bo'ladi. Har bir hududga Sport vazirligi va Olimpiya qo'mitasidan masullar biriktiriladi.

Asosiy maqsad faqat bitta Olimpiada emas, doimiy va mustahkam zamin yaratishdir. Iqtidorli sportchilarni eng quyi bo'g'indan boshlab saralash va professional etib tayyorlash uchun uch bosqichli “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” musobaqasi yo'lga qo'yiladi. Uning final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida o'tkaziladi. G'olib va sovrindor sportchilar Olimpiya markazlariga jalb etilib, professional tayyorlanadi.

Respublika olimpiya va paralimpiya markazining faoliyati milliy terma jamoalar zaxirasini yaratishga qaratiladi. Uning taminoti 2026 yildan boshlab respublika byudjetiga o'tkaziladi. Markaz 8-11-sinflar uchun maktab, 1-2-kurslar uchun kollej sifatida faoliyat ko'rsatadi hamda qabul kvotasi oshiriladi. 1-2-kurs o'quvchilariga Sport vazirligi stipendiyasi beriladi. O'quv-mashg'ulotlar o'tkazib borish uchun Olimpiya shaharchasi inshootlari markazga beg'araz asosda biriktiriladi.

SHuningdek, atletlar zaxirasini kengaytirish maqsadida xususiy sport klublari faoliyati takomillashtirilib, rasmiy musobaqalardagi ishtiroki taminlanadi. Yuqori natija ko'rsatgan sportchilar milliy terma jamoalarga qabul qilinishi mumkin bo'ladi.

Sportchi va murabbiylar uchun ko'plab rag'batlar ham nazarda tutilmoqda. Jumladan, nufuzli musobaqalar g'olib va sovrindorlari oliy harbiy talim muassasalariga to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinadi. Mahoratli sportchilarni boshlang'ich bo'g'inda etishtirgan murabbiylar uchun ham ustamaning muayyan qismi to'lab boriladi.

Davlatimiz rahbari sport federaciyalari faoliyatini samarali tashkil etish, hududlarda soha infratuzilmasini yaxshilash, sportchi va murabbiylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing