02 iyu 16:18
Yangiliklar
SHaxmat

Gulruhbegim Toxirjonova: "Bu mukofot ishonch ramzi"
O'zbekistonlik shaxmatchi, AQSH terma jamoasi sobiq azosi Gulruhbegim Toxirjonova 30 iyun - Yoshlar kunida Prezident SHavkat Mirziyoev bilan uchrashgan edi.
"Kelajak Bunyodkori" davlat mukofoti bilan taqdirlanganim men uchun ulkan sharafdir! Mening kamtarona mehnatlarimni etirof etib, yuksak etibor berganlari uchun hurmatli Prezidentimizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu mukofot – ishonch va hurmat ramzi bo'lib, Vatanimiz ravnaqi yo'lida bundan ham katta masuliyat bilan xizmat qilishga undaydi. Yurtimiz faxri bo'lish uchun bor kuch-g'ayratimni safarbar etaman!", deya ushbu uchrashuv bo'yicha munosabat bildirgan Gulruhbegim.
Eslatib o'tamiz, Toxirjonova 2025 yilda AQSH terma jamoasidan O'zbekiston safiga qaytgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar