So’nggi yangiliklar

20:00Дебютдан чемпионлик жангигача: Хамзат Чимаевнинг UFC’даги беш йили қандай ўтди? 0 19:23Ямал ўз хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози? 0 19:02Мағлубиятсиз одимлаётган проф боксчимизнинг кейинги жанги камар учун бўлади 0 18:41Дзюдочиларимиз жаҳон чемпионатига тўлиқ куч билан тайёргарлик кўришмоқда ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:20Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида IBF камари учун даъвогарлик жанги белгиланди 0 17:59"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси 0 17:38Дю Плесси: "Чимаев беш раунд ҳақида ўйламаяпти, лекин..." 0 17:17"Saber" жамоамизнинг "Аёллар дзюдо лигаси"даги рақиблари маълум 0 16:56Мадримовнинг вазнидаги чемпион Фундоранинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 16:35"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак 0 16:14Ига Свёнтек Цинциннати WTA 1000 турнири 1/4 финалида ўйнайди 0 15:53Тўрт кун олдин Дана Уайт Даъвогарлар турнирида ғалаба қозонган рус жангчиси UFC 319 турнирида октагонга чиқади 1 15:32Энтони Жошуа Андре Уорднинг чақирувига жавоб берди 0 15:11Аббосбек Файзуллаевнинг нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани очиқланди 0 14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0

06 may 20:36
Yangiliklar

Boks/MMA

Kanelo-Bivol to'qnashuvida kim g'alaba qozonadi? O'zbek bokschilari qanday fikrda?

Bokschilarimiz Kanelo-Bivol jangida kimga muxlislik qiladi?

Bizning vaqt bilan yakshanba tongida Las-Vegasda Kanelo-Bivol to'qnashuvi bo'lib o'tishidan xabaringiz bor. O'zbek bokschilari mazkur to'qnashuv uchun o'z taxminlarini bildirishdi.


Fazliddin G'oibnazarov

"Bu jangda Saul Alvares g'alaba qozonsa kerak, deb taxmin qilyapman. Agar jang oxirigacha davom etsa, ochkolar hisobida Bivolning qo'li baland kelishi ehtimoli ham yo'q emas. Kanelo fizik jihatdan ancha kuchli, jang oxirigacha davom etmasligi ham mumkin"


Farruh Qilichev - terma jamoa murabbiyi

"To'g'risini aytsam, bunday darajadagi to'qnashuvga taxmin bildirish qiyin, har ikki bokschi kuchli. Lekin Bivolga muxlislik qilaman - o'zimizni bokschilardek bo'lib qolgan, Yangiobodga kelib tayyorgarlik ko'rdi. Nazarimda, jang oxirigacha davom etmaydi. Dmitriyning g'alaba qozonishini istayman"


Rustam To'laganov

"Ikki bokschiga ham muxlislik qilmayman. CHunki qaysidir manoda ular menga raqib hisoblanadi. Jang oxirigacha davom etadi"


Qudratillo Abduqahhorov

"Menimcha, Kanelo yutadi, yana ham bilmadim. Alvares hozirgi vaqtda juda kuchli. Agar Bivolni biror zarbasi tegib Saul yiqilib qolmasa, bu jang 100 foiz meksikalikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bu boks - hech narsani oldindan bilib bo'lmaydi"


Isroil Madrimov

"Kanelo - Bivol jangini intizorlik bilan kutyapmiz. Bu jamoamiz uchun ham, men uchun ham juda muhim. CHunki Bivolga sparring sherik bo'ldim. Dmitriyning hozirgi sport formasi alo darajada. Agar jang oxirigacha davom etsa, Bivolning imkoniyatlari ortadi. 

Negaki, u oyoqda ancha yaxshi harakat qiladi, bir nuqtada ushlash qiyin. Bu Kaneloga qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Endi bu - boks, oldindan taxmin qilish qiyin, to'qnashuv muddatidan oldin ham yakunlanishi mumkin. Saul Alvaresning qanday kuchga ega ekanligini hammamiz bilamiz"


Bektemir Meliqo'ziev

“Bu juda yaxshi jang bo'ladi. Ularning turli uslublari bor va bu juda yaxshi jang bo'ladi. Albatta, Kanelo pound-of-pound yulduzi. Lekin Bivol ham ajoyib jangchi. Ularning to'qnashuvi hamma uchun qiziqarli bo'ladi. Bivol o'zida bo'lishi va har doimgidek ishlashi kerak”


Aziz Abdug'afforov

"Kanelo-Bivol 60/40. Alvares kuchliroq. Mobodo jang oxirigacha borsa, Dmitriy ochkolar hisobida g'alabaga erishishi mumkin. CHunki, Bivol masofada yaxshi ishlaydi. Bu jangda ham shu ustunligidan maksimal foydalansa, qo'li baland kelishi ehtimoli yo'q emas"


Hurshid Tojiboev

"Ochig'ini aytsam, oldindan taxmin qilish noto'g'ri. Bu - sport. Bitta zarba hammasini hal qilib qo'yishi hech gap emas. Durrang bo'lishi ham, ochkolar hisobida g'olib aniqlanishi ham mumkin. Bu to'qnashuvda kimning qo'li baland kelishini Alloh biladi, vaqt ko'rsatadi"


Iqboljon Xoldarov

"Albatta, Bivolga muxlislik qilaman. Uchrashuv juda ham qiziq bo'ladi. Nimanidir taxmin qilish noto'g'ri bo'ladi, menimcha. Har ikkala bokschi ham tajribali va zarbasi kuchli. Bu to'qnashuvdan hamma narsa kutish mumkin"

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing