So’nggi yangiliklar

10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0 07:17Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0

17 noy 09:57
Yangiliklar

Tokio-2020

Kelgusi yil yozda Olimpiya o'yinlari o'tkazilishiga qaror qilindi

Teglar :  Tomas BaxXOQ
Dushanba kuni Tokioga tashrif buyurgan Xalqaro olimpiya qo'mitasi rahbari Tomas Bax Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga bilan global pandemiya davom etishiga qaramay, kelgusi yozda Olimpiya o'yinlari rejalashtirilgan tarzda o'tkazilishiga kelishib oldi, deb xabar beradi Kyodo News.

Mamlakatga to'rt kunlik tashrif bilan kelgan Bax va Suga o'yinlarga tayyorgarlikning borishini muhokama qildilar. Uchrashuvdan so'ng jurnalistlarga bergan intervyusida Bax, tomoshabinlar musobaqalarni kuzatish uchun sport inshootlariga kira olishlariga vada berib, agar o'sha kungacha vakcina topilsa, XOQ barcha sportchilar emlanishini taminlash bo'yicha harakatlarni kuchaytiradi, deya takidladi.

«Bugungi uchrashuvda kelgusi yil yozda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini katta muvaffaqiyat bilan o'tkazish uchun qatiy va ishonchli qarorga keldik», dedi xalqaro tashkilot rahbari.

Ushbu tashrif mart oyida o'yinlarni bir yilga qoldirish to'g'risida qaror qabul qilingandan so'ng, Baxning Yaponiyaga birinchi safari hisoblanadi.

Boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda, Yaponiyaga pandemiya nisbatan tasir ko'rsatmadi. Biroq so'nggi kunlarda mamlakatda har kuni rekord darajada kasallanishlar qayd etilyapti.

«Biz tomoshabinlar bo'ladi, degan taxmin asosida turli choralarni ko'ryapmiz. Prezident Bax bilan Olimpiya o'yinlari xavfsizligini taminlash uchun yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldik», dedi Suga jurnalistlarga.

Bax tashrif rejasiga o'yinlar mezbonligi uchun g'alabani qo'lga kiritganda, mamlakat etakchisi bo'lgan, ammo sog'lig'i sababli istefoga chiqqan sobiq bosh vazir Sindzo Abe bilan uchrashuv ham kiritilgan. Unga o'yinlarni tashkil etishga qo'shgan hissasi uchun mukofot topshirilishi kutilmoqda.

Kecha u Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi prezidenti Yosiro Mori va Tokio gubernatori Yuriko Koyke bilan ham uchrashdi. Bax va Mori keyinroq qo'shma matbuot anjumani o'tkazdilar.

Bax seshanba kuni Olimpiya qishlog'i va Milliy stadionga tashrif buyuradi. 2019 yil noyabr oyida qurib bitkazilgan ushbu stadion Tokio o'yinlari paytida engil atletika va futbol bahslariga mezbonlik qiladi, shuningdek, o'yinlarning ochilish va yopilish marosimlari ham shu erda o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing