27 iyu 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Ankalaev Pereyra bilan revansh qachon o'tkazilishiga ishora berdi
Yarimog'ir vazn toifasida UFC'ning yangi chempioniga aylangan rossiyalik MMA jangchisi Magomed Ankalaev X (sobiq Twitter) sahifasiga yangi post joyladi.
Unda Magomed so'nggi raqibi, vaznning braziliyalik sobiq chempioni Aleks Pereyra tomonga "tosh otgan": "Oktyabr oyida men shu sahifaga va bu yigitning faoliyatiga yakun yasayman. Rahm-shafqat yo'q", deb yozgan Ankalaev.
Eslatib o'tamiz, sportchilar o'rtasidagi ilk to'qnashuvda Magomed ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi.
Havola :
Manba : x.com/AnkalaevM
Fikrlar