So’nggi yangiliklar

18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0 14:08UFC рейтинги янгиланди: Хамзат Чимаев илк бор P4P рейтингида! 0 13:47UzChess Cup. Бугун Нодирбеклар ўзаро ўйнайди, 6-тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 13:26Дана Уайт Канело — Кроуфорд жанги UFC Noche турнирига ҳалақит берадими деган саволга жавоб берди 0

15 dek 11:59
Yangiliklar

Dzyudo

“Kodakan”da yil bellashuvi o'tkazildi

Teglar :  DzyudoYaponiya
Dzyudo muxlislarining etibori Tokio shahridagi “Kodokan” dzyudo institutiga qaratildi.

Boisi ushbu majmuada Yaponiya terma jamoasining Tokio Olimpiadasida -66 kg vazn toifasida ishtirok etadigan vakili aniqlab olindi.

Bellashuvda 2017 va 2018 yillardagi jahon chempioni Xifumi Abe hamda 2019 yilgi chempion Joshiro Maruyama ishtirok etishdi. Kutilganidek, bahs g'olibi asosiy daqiqada aniqlanmadi. G'olib naqd 24 daqiqa davom etgan kurashdan so'ng malum bo'ldi. Abe ushbu daqiqada o'ng oyog'i yordamida chalish usuli bilan hujumga o'tdi va bu yakunda uning g'alabasini taminladi.

Takidlash joiz, ular 2019 yil Tokiodagi dunyo birinchiligining yarim finalida ham to'qnash kelishgan va unda Moruyamaning qo'li baland kelgan edi. Yana bir qiziq jihat, Xifumi shu paytgacha o'zbek dzyudochilari bilan bir bor to'qnash kelgan. 2015 yil Toshkentda o'tgan Gran-prida Dostonjon Xoliqulov ushbu yaponiyalik dzyudochiga mag'lub bo'lgan.

Umuman olganda, bungacha har ikki dzyudochining xalqaro maydondagi o'zaro qarama qarshiligi 2:2 ko'rinishida edi. Ushbu kurashdan so'ng dzyudo olamida “Dream team” nomini olgan terma jamoaning Tokio Olimpiadasida kurashadigan to'liq tarkibi malum bo'ldi. Yana bir ahamiyatli jihati, tarkibda ayollar o'rtasidagi -52 kg vazn toifasida Xifumening singlisi Yuta Abeni ham uchratish mumkin. 

Yaponiya jamoasining Olimpiadada kurashuvchi tarkibi esa quyidagicha ko'rinish oldi:

Erkaklar:

-60 kg: Naoxia Takato

-66 kg: Xifumi Abe

-73 kg: SHoxei Ono

-81 kg: Takanori Nagae

-90 kg: SHoichiro Mukai

-100 kg: Aaron Volf

+100 kg: Xisayoshi Xarasava


Ayollar:

-48 kg: Funa Tonaki

-52 kg: Yuta Abe

-57 kg: Cukasa Yoshida

-63 kg: Miku Tashiro

-70 kg: CHizuru Arai

-78 kg: SHori Xamada

+78 kg: Akira Sone

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing