So’nggi yangiliklar

17:33"Илтимос, баҳона қилишни тўхтат". Мераб Двалишвили — Пётр Янгa 0 17:12"Барселона" "Ливерпуль"нинг трансфер нишонини мерсисайдликлар бурни остидан тортиб олди 0 16:51Пётр Ян Мераб ҳақида: "Ҳар қандай машина синaди" 0 16:30Двалишвили: "Мен дивизионни тозаламоқчиман, тепага-пастга сакраб юрмоқчи эмасман" 0 16:09"Шанба куни мени энг яхши формамда кўрасиз" - Пётр Ян 0 15:48Александр Гейнрих: "Қуръада Гаити ёки Кюрасаони кутиб қоламиз" 0 15:27Жо Роган UFC оғир дивизионининг қутқарувчисини айтди 0 15:06Хоразмда пара пауэрлифтинг бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди 0 14:45Тошкентда 80 000 доллар мукофот пулига эга Президент кубоги бошланди 0 14:24Виталий Денисов: "Рақибларимиз Бразилия, Франция бўлишини истайман" 0 14:03UFC 324 турнири кардига яна бир жанг қўшилди 0 13:42WBC ва IBF Усик - Уайлдер жангига рухсат берди 0 13:21Чимаев навбатдаги жангида Павел Дуровни секундант қилмоқчи 0 13:00Бугун ЖЧ-2026 қуръаси. Ўзбекистонга кимлар рақиб бўлади? 0 12:39Таэквондо WT бўйича жорий йилги Ўзбекистон чемпионати Жиззахда ўтказилади 0

20 iyu 18:32
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo bo'yicha jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslarida medal uchun kurashadiganlar malum, Yaponiyada mag'lubiyat

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslarida saralash bellashuvlari yakunlandi.

Saralashning ilk bosqichida Turkmaniston terma jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etgan dzyudochilarimiz 1/4 finalda Yaponiyaga qarshi bahs olib borishdi. Umida Nig'matova Mao Araini, Nurbek Murtazoev Goki Tajimani mag'lubiyatga uchratib, terma jamoamizni 2:0 hisobida oldinga olib chiqishdi. Afsuski, dzyudo vatani vakillari kambek amalga oshirib, ketma-ket 4 ta bellashuvni o'z foydalariga hal qilishdi. 

Yaponiya yarim finalga yo'l oldi, O'zbeksiton esa bronza medali uchun kurashni davom ettirish huquqiga ega bo'ldi. Lekin medal ilinjidagi so'nggi urinish ham omadsiz yakun topdi. Italiya terma jamoasi murosasiz kechgan bahsda 4:3 hisobida g'alaba qozonib, kichik finalga chiqdi. 

Biroz kutilmaganda Yaponiya terma jamoasi 1/2 finalda Gruziyaga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ikkinchi 1/2 finalda Koreya Respublikasi terma jamoasi Germaniya dzyudochilariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 4:0. Endi kechki dasturda bronza medallari uchun  Italiya - Germaniya, Braziliya - Yaponiya juftliklari o'zaro bahs olib boradi. CHempionlik masalasi Gruziya va Koreya Respublikasi terma jamoalari bahsida hal bo'ladi.      

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing