10 okt 13:14
Yangiliklar
Rasman! Lasha Gudjedjiani bilan to'rt yillik shartnoma imzolandi
O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov va Lasha Gudjedjiani kelishuv shartnomasiga imzo chekishdi. SHveycariyada o'tgan Lausanne Grand Slam 2026 turniri Lasha Gudjedjiani uchun terma jamoamiz boshqaruvidagi ilk musobaqa bo'lgan edi. Lozanna turnirida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan dunyoning 77 davlati orasida Top-6`talikdan joy olgandi.
SHuningdek, Yaponiya davlati mezbonlik qilgan XX Osiyo o'yinlarida terma jamoamiz 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so'ng ikkinchi o'rinni band etdi.
Malumot uchun, Lasha Gudjedjiani O'zbekistonga kelguniga qadar besh yil davomida Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan. Uning qo'l ostida Gruziya Tokio-2020 Olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumush, Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida esa 1 ta oltin, 2 ta kumush medal qo'lga kiritgan. 2025 yilda esa uning qo'l ostidagi Gruziya jahon chempionatining jamoaviy bahslarida chempion bo'lib, tarixiy natija qayd etdi. Lashaning o'zi sportchilik davrida ikki bor jahon chempionati sovrindori bo'lgan.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi Lasha Gudjedjianiga omad va zafar tilaydi. O'ylaymizki, yangi murabbiy qo'l ostida terma jamoamiz oldindagi nufuzli musobaqalar, xususan Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida tarixiy natijalarga erishadi.




Fikrlar