So’nggi yangiliklar

18:20Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида IBF камари учун даъвогарлик жанги белгиланди 0 17:59"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси 0 17:38Дю Плесси: "Чимаев беш раунд ҳақида ўйламаяпти, лекин..." 0 17:17"Saber" жамоамизнинг "Аёллар дзюдо лигаси"даги рақиблари маълум 0 16:56Мадримовнинг вазнидаги чемпион Фундоранинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 16:35"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак 0 16:14Ига Свёнтек Цинциннати WTA 1000 турнири 1/4 финалида ўйнайди 0 15:53Тўрт кун олдин Дана Уайт Даъвогарлар турнирида ғалаба қозонган рус жангчиси UFC 319 турнирида октагонга чиқади 1 15:32Энтони Жошуа Андре Уорднинг чақирувига жавоб берди 0 15:11Аббосбек Файзуллаевнинг нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани очиқланди 0 14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0 14:29Шаҳрам Ғиёсов Мэнни Пакьяонинг чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 14:08Иқтидорли хоккейчимиз Салоҳиддин Азимов Швеция клубига ўтди 0 13:47Шомуродов ва Файзуллаев Туркияда юртимиз шарафини ҳимоя қилаётган даун синдромли спортчиларимиз билан учрашди + ФОТО 0 13:2622 ёшли Алькарас Надаль ва Сампраснинг натижасини такрорлади 0

29 apr 19:01
Yangiliklar

Kurash

Kurash: Germaniyada Prezident sovrini uchun xalqaro turnir o'tkaziladi

Teglar :  Kurash
Milliy sportimiz – kurashni ommalashtirish, uni Xalqaro olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida qator amaliy ishlar qilinyapti.

Qabul qilingan dasturlar asosida xorijiy davlatlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo'yicha xalqaro turnirlarning tizimli o'tkazilishiga erishish borasida O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan tashabbuslar amalga oshirilayapti. 

Ushbu say-harakatlar natijasida joriy yil 7-9 may kunlari Germaniyadagi Frankfurt-Mayn shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir o'tkaziladi. Bu haqda O'zbekiston kurash federaciyasi malum qildi. 

Mukofot jamg'armasi 10 ming evro bo'lgan mazkur turnir kurashni ommalashtirish orqali O'zbekistonning xalqaro nufuzini oshirishda muhim omil sanaladi. Ko'hna qitada o'tadigan musobaqada 20 ga yaqin davlatlardan mahoratli sportchilar ishtirok etish uchun dastlabki talabnomalarni tashkiliy qo'mitaga taqdim etgan. 

Ilk bor tashkil etilayotgan musobaqalarda erkaklar +81 kg vazn toifasida, ayollar +63 kg.da kurash olib borishadi.  

Xalqaro kurash associaciyasi, Evropa kurash konfederaciyasi, O'zbekiston va Germaniya kurash federaciyalari hamda mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi hamkorligida o'tadigan nufuzli turnir doirasida Germaniyadagi bir qator sport klublarida, madaniy maskanlarda 3 kun mobaynida milliy sportimiz bo'yicha murabbiylar seminari, davra suhbatlari, milliy qadriyatlarimizga oid ko'rgazmalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. 

T.Ro'ziev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing