So’nggi yangiliklar

18:52Фазлиддин Мадраҳимовнинг Тошкентдаги рақиби ўзгарди. Муҳиддин Мамажонов билан трилогия кўрамиз 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0 16:11"Уни нокаутга учратиш учун барча ишни қиламан". Сауль Альварес — Кроуфордга қарши жанг ҳақида 0 15:50Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэ билан жанги Ўзбекистонда кўрсатиладими? 0 15:29Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди 0 15:08Дана Уайт Оқ уйдаги турнир ҳақида: "Биз Трампга барчасини кўрсатдик" 0 14:47Кроуфорд Мадримов билан оғир ўтган жанги ҳақида: "Канело ҳам охирги жангида шоу кўрсатгани йўқ" 0 14:26Аҳмадалиев vs Иноуэ. Матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:05Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради 0 13:44Жаҳон чемпионатида қатнашадиган енгил атлетикачиларимиз таркибида ўзгаришлар бўлди 0

17 mar 14:35
Yangiliklar

Tennis

Kutganmidingiz? Toshkent yana bir nufuzli katta tennis musobaqasiga mezbonlik qiladi!

Poytaxtimizda tennis bo'yicha ayollar o'rtasidagi xalqaro Billie Jean King musobaqasi o'tkaziladi.

Ha, ko'pchilik tennis ihlosmandlari "Devis Kubogi"da AQSHga qarshi o'tkazilgan o'yinlardan so'ng kamida bir yoki ikki yilga katta tennis o'yinlaridan (mezbonlikdagi) mosuvo bo'ldik, deb o'ylagani aniq.

Ammo, unday emas. Toshkent yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. 11-15 aprel kunlari poytaxtimizda joylashgan Tennisga ixtisoslashgan Olimpiya maktabi xard kortlarida Billie Jean King kubogining Osiyo va Okeaniya birinchi guruhidan o'rin olgan o'yinlar o'tkaziladi.

Ayollar o'rtasida o'tadigan ushbu musobaqaning O'zbekiston terma jamoasi o'rin olgan — Osiyo va Okeaniya birinchi guruhida bizga Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Tailand raqiblik qiladi. Ushbu oltilalik guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamolar pley-offga, so'nggi ikkita o'rindagi jamoalar esa ikkinchi guruhga tushadi.

Toshkentga keluvchi terma jamoalarning tarkiblari ham malum bo'lib ulgurgan, ammo negadir ushbu musobaqaning hatto o'tkazilishi haqida O'zbekiston tennis federaciyasi haligacha og'iz ochgani yo'q. Vaholanki, musobaqa startiga bir oydan kam vaqt qoldi.


O'zbekiston ayollar termasi mazkur musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etishi aytilgan:

Nigina Abduraimova (1994, WTA-175)
Oqgul Omonmurodova (1984)
Sevil Yuldasheva (2002, WTA-992)
Maftunabonu Qahramonova (2005).

Jamoa sardori — Oqgul Omanmurodova.


O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'tgan yili mazkur musobaqaning Osiyo va Okeaniya ikkinchi guruhida ishtirok etib, birinchi o'rinni qo'lga kiritgan edi. Pley-offda Mo'g'ulistonni enggan raketkalarimiz o'shanda birinchi guruh yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Ayni damda jamoamiz Billie Jean King reytingida 122 terma orasida 39-o'rinni egallab turibdi. Ushbu turnir orqali o'z o'rnimizni yanada yaxshilab olish imkoniyati mavjud.

Termamiz mazkur musobaqada 15-marta ishtirok etmoqda. Ushbu turnirda ilk bor 1995 yilda kortga chiqqan hamyurtlarimizning eng yaxshi ishtiroki 2008 yilga to'g'ri keladi. O'shanda tennischilarimiz ikkinchi jahon guruhining pley-off bahslarigacha etib borishgan edi.

Tarkiblarni ko'rib, ochig'i autsayderlardan ekanimizni payqash qiyin emas. Ammo, ayollar o'rtasidagi tennisimizda yana bir yosh avlod etishib chiqayotgani, ularni ilk bor katta sinov kutayotganini ko'rish ham qiziq.

Qisqasi, ketma-ket ikkinchi oyda ham o'zbekistonlik tennis muxlislari zerikib qolmasliklari tayin.

Diyor Mavlonov

Reyting:    

Fikrlar

   
17 mar 20:10:05
Asror Abdukadirov
Оқгулни Нигинани нафақага чиқарселаям бўларди энди!
Пенсилнерку булар ёшлага йўл берила энди!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing