So’nggi yangiliklar

13:37Топурия ёки Оливейра. Махачевдан қолган камарни ким олади? UFC 317 карди билан танишинг 0 13:16Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:55“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди 0 12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0

25 dek 08:06
Yangiliklar

Taekvondo

Licenzion musobaqaga kim boradi?

Teglar :  TaekvondoSHokin
2021 yildan Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi licenzion musobaqalar boshlab yuboriladi.

SHubhasiz, ushbu musobaqalar orasida taekvondochilarimizdan ham ulkan natijalar kutmoqdamiz. Bugun MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi SHerzod Tashmatov terma jamoa murabbiylar shtabi bilan mazkur musobaqaga tayyorgarlik rejalari xususida yig'ilish o'tkazdi.

Reglamentga ko'ra, taekvondo bo'yicha Olimpiya o'yinlari licenziyalari reyting va mintaqaviy turnirlar orqali taqsimlanadi. 2019 yil yakuni bo'yicha Nikita Rafalovich -80 kg vazn toifasida Tokio-2020 yo'llanmasiga ega bo'lgan. Oldinda birgina Osiyo qitasi uchun yo'llanma beruvchi licenzion turnir qoldi xolos. Musobaqa reglamenti bunda 3 nafar sportchimizni (1 nafar erkak va 2 nafar ayol) turnirga qo'yishga imkon beradi. Terma jamoada esa raqobat juda kuchli. Deyarli har bir Olimpiya vazn toifalarida ushbu musobaqada ishtirok etishga munosib sportchilarimiz bor. SHu bois murakkab tanlovni amalga oshirish uchun hozirda etti emas, etmish marta o'lchash kerak bo'ladi.

Kecha murabbiylar shtabi bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda licenzion musobaqaga tayyorgarlik bosqichlari, o'quv-mashg'ulot yig'inlarini to'g'ri tashkil qilish kabi masalalar ko'rib chiqildi. SHuningdek, har bir vazn toifasidagi sportchilarimizning imkoniyatlari, bo'lajak musobaqada ularga raqiblik qilishi kutilayotgan sportchilar va ular bilan raqobatdagi taxminiy imkoniyatlari chamalab chiqildi.

Yig'ilish yakunida taekvondochilarimizning sport formasini doimiy kuzatib borish va licenzion musobaqaga o'sha davrga kelib ruhiy va jismoniy jihatdan tayyor bo'lgan sportchigina tanlab olinishi takidlandi. Malumot uchun, kelasi yil o'tkaziladigan licenzion musobaqada faqat final yo'llanmasini qo'lga kiritgan taekvondochilargina Tokio-2020 yo'llanmasiga ega bo'lishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing