13 may 20:21
Yangiliklar
Taekvondo

Kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionati: Bugunning o'zida 1 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdik!
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida davom etayotgan kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatining to'rtinchi kuni terma jamoamiz uchun anchayin omadli kechdi.
Kun davomida Konstantin Li boshchiligidagi jamoamizning to'rt nafar azosi bahslarga kirishgandi. Quvonchlisi, ulardan ikki nafari yakunda shohsupadan joy oldi. Yigitlardan Nikita Bibikov (65 kg) o'z divizionida tengsiz bo'lgan bo'lsa, qizlarimizdan Rayhona Asanbaeva bronza medaliga ega chiqdi.
Oltin:
Nikita Bibikov (61 kg).
Bronza:
Rayhona Asanbaeva (41 kg).
SHunday qilib, musobaqadagi medallarimiz soni 3 taga etdi: 2 ta oltin va 1 ta bronza.
Havola :
Fikrlar