So’nggi yangiliklar

10:32Макс Холлоуэй UFC'да яна нечта жанги қолганини айтди 0 10:11Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди 0 09:50Боксчи қизларимиз Чин юртига жўнаб кетишди 0 09:29Илия Топурия UFC’даги асосий мақсадини очиқлади 0 09:08Спорт вазирлигининг кенгайтирилган Ҳайъат йиғилиши бўлиб ўтди 0 08:47"Челси" клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати финалида! 0 08:26Уимблдон. Карлос Алькарас 1/2 финалда! 0 08:05"UFC'да доғистонлик курашчиларни ёмон кўришади" - мураббий 0 19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0

26 avg 07:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Mahmud Muradov navbatdagi jang oldidan nimalar dedi? (to'liq intervyu)

Mahmud Muradov 28 avgust kuni (bizning vaqt bilan 29 avgust tongda) Jerald Myorshartga qarshi jang qiladi.

Mahmud ushbu jang oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida qatnashdi va savollarga javob berdi.

Las-Vegasdagi birinchi jangingiz. Bu faoliyatingizda qandaydir katta ahamiyatga ega voqeami?

— Hammaga salom. Bu unchalik ham katta voqea emas. Men shunchaki g'alaba qozonish uchun keldim. Abu-Dabimi, Las-Vegasmi farqi yo'q, mening vazifam g'alaba qozonish. 


Las-Vegasga kelganingizdan so'ng, Floyd Meyvezer bilan uchrashdingizmi? Uning Vegasdagi uyiga bordingizmi?

— Yo'q, balki jangdan keyin uchrasharmiz. Men hozir faqat oldinda turgan jangga etibor qaratganman. Floyd esa hozir Mayamida. 


Faoliyatingiz haqida to'xtalsak. Hozirgacha, UFCda 3-0 hisobi qayd etmoqdasiz. Bunga qanday munosabatdasiz?

— Men o'zimning keyingi g'alabam va bonusim tomon ketyapman (kulib qo'yadi). Albatta, bu hazil. Men birinchi navbatda g'alaba qozonishni maqsad qilganman. Sababi, men ilk marta to'liq kempni o'tadim. Bundan oldingi uchta jangimda men juda qisqa muddat tayyorgarlik olib borganman. Bir hafta, sakkiz kun va 20 kun. Hozir esa men to'liq mashg'ulotlar lagerini o'tadim. Raqibim ham yaxshi jangchi. U juda kuchli jiu-jitsu ustasi. Jang stoykada kechadi deb o'ylayman. 


Bu raqibni sizga berishganda qanday hayollar o'tdi. Jerardni oldindan bilarmidingiz yoki kim ekan bu deb o'yladingizmi?

— Yo'q, men bu yigitni oldindan bilar edim. CHunki, Xamzat CHimaev aynan u bilan jang qilgandi. Bilasizmi, men bu raqibimni bundan uch yil oldin UFC`ga o'tmasimdan oldin ko'rgandim. O'shanda AKA zalidagi bir yigit bilan jang qilgan va men menejerimga shu yigit bilan jang qilishim kerak degandim. Ajoyib, mana uch yildan keyin biz UFC`da to'qnash kelyapmiz.


Nega menejeringizga aynan Myorshart bilan jang qilmoqchiman degandingiz?

— Bilmasam, men o'shanda uni yutaman deb o'ylagandim. Sababi, uning uslubi menga juda mos edi. Myorshart juda kuchli "udarnik" emas. Zarbalar borasida men undan ustunroqman. Oyoq harakatlarim ham ancha yaxshi. Griplingim ham yomon emas. Yana ko'ramiz. 


Myorshart sizga qarshi juda agressiv harakat qilishini va oxirigacha yuzma-yuz turishini takidladi. Siz shunday jangni kutganmidingiz?

— Albatta, muammo yo'q. Jang qilish mening hayotim. Ushbu bahsga juda qattiq tayyorgarlik ko'rganman. SHu sababli ham, men hamma narsaga tayyorman. 


Ko'pchilik sizni kelajagi juda porloq jangchi, titul uchun bo'lajak nomzod sifatida ko'rmoqda. Bunga munosabatingiz yaxshimi?

— Albatta, nega unday bo'lmasligi kerak? Men o'z vatanim O'zbekiston sharafini himoya qilmoqdaman. Bizda MMA juda tez rivojlanmoqda. Mamlakatimda yangi promoushen tashkil qildim. Yosh yigitlar uchun bu juda yaxshi bo'ldi. 


Siz O'zbekistonda janglar tashkil qilyapsizmi?

— Ha, men O'zbekistonda "kichik" Dana Uaytman (kulib qo'yadi). Bir kun siz ham u erga borishingiz mumkin (jurnalist Jon Morganga qarata). Hamma uchun eshiklarimiz ochiq. Bu erdagi hammani O'zbekistonda kutib qolaman. 


Oxirgi savolim. Bu jangda bizga nima vada qilasiz? 

— Men o'zimning navbatdagi g'alabam uchun kelganman. Jangni muddatidan oldin tugatish niyatim ham bor. Ammo, birinchi navbatda baribir g'alaba. O'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Vazn borasida ham hammasi yaxshi. Bor yo'g'i uch kilogramgina ortiqcha vazn edi. Bu juda ham oson ish. Bu safar men sizlarga haqiqiy Mahmud Muradovni ko'rsataman. Sababi, bundan oldingi uch jangimga qisqa chaqiruvda kelganman. Ingliz tilimdagi xatolarga rozi bo'lasizlar, men buning ustida ishlayapman.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
26 avg 09:16:22
Zulmatni Tarketib
Olgʻa Mahmud,ortga yoʻl yoʻq!!!
   
26 avg 09:15:37
Zulmatni Tarketib
Olgʻa Mahmud!Ortga yoʻl yoʻq!
   
26 avg 09:14:55
Zulmatni Tarketib
Ola, Mahmud!Ortga yoʻl yoʻq!
   
26 avg 08:55:23
Mironsho Jabborov
Interview zor boldi, bilganlarga MMAjunkiedan interviewni orginalini korishni maslahat beraman. Hamma Kommentlarda Makhmud akaga yaxshi sozlar aytishyapti chiroyli galaba qiladi top 15ga kiradi shuni KO bn yutsa, keyingi raqib topdagilar boladi, bu yigitni yoqtirmasligingizga sabab yoq va hokazo kammentlar. Xullas akamiz butun MMA muxlislari qalbini zabt etishni bowlab yuborgan. 1round KO bn chiroyli galaba qilsin Makhmud aka biz duodamiz.
   
26 avg 08:53:41
Mironsho Jabborov
Interview zor boldi, bilganlarga MMAjunkiedan interviewni orginalini korishni maslahat beraman. Hamma Kommentlarda Makhmud akaga yaxshi sozlar aytishyapti chiroyli galaba qiladi top 15ga kiradi shuni KO bn yutsa, bu yigitni yoqtirmasligingizga sabab yoq va hokazo kammentlar. Xullas akamiz butun MMA muxlislari qalbini zabt etishni bowlab yuborgan. 1round KO bn chiroyli galaba qilsin Makhmud aka biz duodamiz.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing