08 iyu 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Amerikalik UFC jangchisi: "Evloev kamar uchun jang qilishi kerak. Bu siyosiy o'yinlar"
UFC jangchisi, amerikalik Yussef Zalal rossiyalik jangchi Movsar Evloev haqida fikr bildirdi.
"Hammasini tushunaman, lekin bu to'g'ri emas deb o'ylayman. Movsar kamar uchun jang qilishi kerak. Lekin unga debyutant raqib berishmoqda! Movsar hamma narsasini yo'qotishi mumkin, Piko esa hech narsani yo'qotmaydi. Lekin o'yin qoidalari shunday. Bu siyosiy o'yinlar", — dedi Zalal Inside Fighting nashriga.
Eslatib o'tamiz, Evloev so'nggi jangini 2024 yil dekabr oyidagi UFC 310 turnirida amerikalik sobiq chempion Aldjameyn Sterlingga qarshi o'tkazgan va ochkolar evaziga g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : Inside Fighting
Fikrlar