So’nggi yangiliklar

18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0 13:50Спорт вазири Ўзбекистон давлат спорт академияси фаолиятини намунали ташкил этишга доир тақдимот билан танишди 0 13:29WBC Сергей Богачукни рейтингнинг биринчи поғонасига қайтаради 0 13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0

30 avg 19:19
Yangiliklar

Boks/MMA

Mahmud Muradovning Naiza ligasi bilan Qozog'istonda qo'shma turnir o'tkazish rejasi bormi?

Teglar :  Mahmud MuradovMPL
MPL Naiza liga bilan qo'shma turnir o'tkazadimi?

- Mahmud Muradovning Naiza ligasi bilan Qozog'istonda qo'shma turnir o'tkazish rejasi bormi?

- Ha, bunday reja bor. Buni Qozog'istonda ham, O'zbekistonda ham qilishimiz mumkin. Men ham, Naiza liga direktori Nurbek Karabala  ham biznes uchun tashkilot yaratmaganmiz. Bularning barchasi MMAni yoshlar orasida ommalashtirish uchun qilingan. O'zbekistonda 35 million aholimiz, ko'plab yoshlarimiz bor, ularning sportga yaqin bo'lishiga yordam berishga harakat qilamiz. Biz allaqachon 6 ta turnir o'tkazdik va chiptalardan yig'ilgan barcha pullarni mehribonlik uylari va xayriya ishlariga sarfladik. Biz bundan bir tiyin ham olmaymiz.

Nega men bunday qilyapman? CHunki men odamlarga bu biznes emasligini ko'rsatmoqchiman. Men pul topdim, jang qilishdan tashqari hali ham sarmoyam bor. Menga yordam berib, g'oyamni qo'llab-quvvatlayotgan akalarim ham bor. Bazi odamlar nima uchun bunday qilayotganimni tushunmaydilar. Men buni sportni ommalashtirish uchun amalga oshiraman.

Mamlakatimizda MMA juda yosh sport turi, MMA mamlakatimizda rasmiylashtirilganiga atigi 5 yil bo'ldi. Ilgari jangchilarimiz jang qilish uchun qo'shni davlatlar – Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Rossiyaga borgan. Endi ular uyda jang qilishlari mumkin. Sizning ligangiz bilan biz, albatta, qo'shma turnir o'tkazishni rejalashtiryapmiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing