So’nggi yangiliklar

19:15Расман: Саудия Арабистони чемпионати афсонаси "Ал Ҳилол"да ўйнайди 0 18:52Турки аш Шайх Тайсон Фьюри 2026 йилда профессионал рингга қайтишни айтди 0 18:25Диёра Келдиёрова IJF Атлетлар комиссияси аъзолигига сайланди! 0 18:02Арман Царукян Илия Топурияга мурожаат қилди 0 17:39Роналду Диогу Жотанинг фожиали вафотига муносабат билдирди 0 17:17Мавлонбек Миркомиловнинг кейинги рақиби ҳамда жанг санаси эълон қилинди 0 16:55"Осон пуллар". Царукян — Гэтжи ва Пимблетт билан жанглар ҳақида гапирди 0 16:32Ўзбекистон спорти раҳбарлари Қозоғистон МОҚ раҳбари Геннадий Головкин ва бошқалар билан учрашди (ФОТО) 0 16:16"Диогу ва Андренинг шахсий дахлсизлиги ҳурмат қилинишини истайди" — "Ливерпуль" футбол клуби 0 15:55Тайсон Фьюри 2026 йилда Усик билан учинчи жанг бўлишини айтди 0 15:34Шаҳрам Ғиёсов WBA вақтинчалик камари учун жанг қилади, рақиб маълум — манба 0 15:13Уимблдон. Элина Свитолина учинчи даврада 0 14:52"Фенербахче" Асенсио учун ПСЖга 15 млн евро таклиф қилди 0 14:31Феруза Казакова Жаҳон кубоги ярим финалига йўл олди 0 14:10Аслида Шоҳжаҳон Эргашев рингга чиқиши керак бўлган Ованес Бачков иштирокидаги жанг 9-раундда тўхтатилди 0

14 may 20:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Marat Qurbonov Osiyo chempionati va Olimpiadaga hozirlik, rejalar va Yaponiyada bo'ladigan tayyorgarlik haqida gapirdi

Teglar :  Marat Qurbonov
Ayni paytda boks bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi Toshkent viloyatida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu yig'in borasida terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonovning fikrlari bilan qiziqdi. 

"Bokschilarimiz Sankt-Peterburgdagi xalqaro nufuzli musobaqada qatnashishdi, bu bokschilarimiz uchun ko'riklardan biri edi. Hozirda navbatdagi yig'inimiz Toshkent viloyatidagi "Yangiobod" o'quv-bazasida davom etmoqda. Unda Jazoir, Eron, Iordaniya va Ozarbayjon tema jamoalari bilan birga mashg'ulotlar o'tkazmoqdamiz. Bu tayyorgarlik Osiyo chempionatiga qaratilgan. Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati Tokio Olimpiadasi oldidan terma jamoamiz bokschilari uchun so'nggi imtihon bo'ladi. Osiyo chempionatidan keyin bizda 55 kun vaqt bo'ladi. Barcha rejalar tuzib chiqilgan.

Xudo xohlasa Osiyo chempionatidan keyin 10 kunlik tiklanish yig'ini bo'ladi. Keyin esa 20 iyundan 5 iyulgacha "Yangiobod" bazasida yig'in belgilangan. Oxirgi yig'inimiz esa 6-22 iyul kunlari Yaponiyada bo'ladi. 24 iyuldan boshlab esa Xudo xohlasa boksilarimiz Olimpiadada ringga chiqishni boshlashadi. 

Tayyorgarlik uchun sharoitlar O'zbekiston boks federaciyasi va Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan yaratib berilgan. Munosib tayyorgarlik uchun barcha narsa muhayyo qilingan. Yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildiramiz. 

Yaqinda O'zbekistonda boksni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi Prezident qarori chiqdi. Yurtimizda boksga etibor yanada kuchaymoqda. O'zbekistonda boks bilan shug'ullanayotganlar soni bir necha barobar ko'payib ketdi. Xudoga shukr, ayni paytda terma jamoamiz zaxirasi uchun ham sportchilar etishib chiqmoqda. Boksga shaxsan mamlakatimiz Prezidenti tomonidan etibor qaratilmoqda. Bu etibordan ruxlanib 2 barobar ko'p ishlashimiz lozim. Qo'lga kiritilayotgan natijalar bilan to'xtab qolmasligimiz kerak. Biz ushbu ajoyib natijalarni davom ettirishga harakat qilamiz", - dedi Marat Qurbonov. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

   
14 may 22:30:32
Furqat
Farxod: juda to‘g‘ri xaq gapni gapirdiz Sanjar bilan Fanat uzb boksini sharmanda qiladi
   
14 may 21:03:49
Farhod_ bek1990
Janob murabbiy tanish bilishchilik qilmasdan Sanjar Tursunov, Fanat Qahramonovni tarkibga tiqishni bas qilinglar. Axir hamma ko'rib turibdiku zaxiramizda bu ikkisidan kuchli bokschilar borligini.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing