10 iyu 08:59
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Muhammadjon Qurbonov Octagon League'ni tark etish sababini aytdi
Yarimengil vazn toifasida Octagon League sobiq chempioni, o'zbekistonlik Muhammadjon Qurbonov faoliyatidagi o'zgarishlar haqida gapirdi.
"Ancha tanaffus olganimizning sababi - jarohatlar bor edi. Ularning hammasini davolab, quvvat olib, Naiza Ligasida debyut qildik. Alhamdulillah, yaxshi o'tdi.
Octagon League'da gonorar kamligi ham ketishimga sabablardan biri bo'ldi. Lekin ularning menga nisbatan muomala va aloqalarini yomonlashganini ham bir sabab sifatida aytishim mumkin. Oxirgi paytlarda bir-birimizni tushunmay qoldik. Naiza bilan esa hammasi yaxshi ketyapti. Ular bizni tushunishadi. SHuning uchun ham Naiza'ga o'tdik", dedi Qurbonov Olamsport muxbiri Sarvinoz Rahmonqulova bilan suhbatda.
Malumot uchun, 33 yoshli Muhammadjon Qurbonov faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazib, 13 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar