So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

19 noy 07:22
Yangiliklar

Dzyudo, Olimpiya o'yinlari

MOQ rahbariyati va Tezkor shtabi azolari bu safar Paralimpiya associaciyasida bo'lishdi

Teglar :  MOQParalimpiya
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining Tezkor shtabi olimpiya sport turlarini o'rganish jarayonini davom ettiradi.

Rejaga muvofiq shtab azolari O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasiga tashrif buyurishdi.

Unda MOQ raisi R.SHoabdurahmonov, MOQ raisi o'rinbosari vazifasini bajaruvchi, Tezkor shtab rahbari SH.Tashmatov, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori A.Sadikov va Paralimpiya associaciyasi raisi M.Tashxodjaev hamda associaciya mutaxassislari ishtirokida sportchilar bilan bevosita muloqot o'tkazildi. 

Suhbat davomida associaciya rahbariyati bilan bo'lajak yirik musobaqalar, jumladan Tokio-2020 hamda Parij-2024 Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik masalasi ham muhokama qilindi. Tezkor shtab azolari bu borada sportchilarga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdi.

SHuni takidlash kerakki, Rio-2016da paralimpiyachilarimiz 32 nafar sportchi bilan ishtirok etib, 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza, jami 31 ta medalni qo'lga kiritishgan va umumjamoa hisobida 16-o'rinni egallashgan edi. 

Bo'lajak Paralimpiya o'yinlarida ularga bundan ham yaxshi natija qayd etish vazifasi qo'yilib, buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishiga alohida etibor qaratildi.

MOQ raisi R.SHoabdurahmonov ayni damda Milliy Paralimpiya markazida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan paradzyudo, para pauerlifting hamda para engil atletika terma jamoalari azolari bilan bevosita muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi.

O'z navbatida, sportchilar va murabbiylar associaciya rahbariyati tomonidan ularning xalqaro musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilganini malum qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing