So’nggi yangiliklar

18:37Хабиб Нурмагомедов ЖЧ–2026нинг рамзий терма жамоасини тузди. Унда Месси ва Роналду йўқ 0 17:53Асу Алмабаев RAF Лигасидаги илк жанги эълон қилинди 0 17:26Музаффаров ва Холдаров Ереванда илк жангларини ўтказишди 0 16:54Винисиус косметик операция қилдирди 0 16:25Қозоғистонлик Жаҳон чемпиони Жанибек Алимханули бошқа вазнга ўтаётганини эълон қилди 0 15:57Мария Тимофеева Прагада муваффақиятли старт олди 0 15:25Богдан Гусков ва Рамазон Темиров UFC Abu Dhabi турнири олдидан медиа тадбирлардаги иштирокини бошлашди 0 14:49ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси "Реал"га ўтмоқчи 0 14:13Пара академик эшкак эшувчиларимизнинг кейинги манзили Германия бўлади 0 13:37Ёш сузувчиларимиз қитъа биринчилигида яна олтин ва бронза медаллари билан тақдирланишди 0 13:09Ҳумоюн Тўхтамуродов бразилиялик спортчи билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:42ФИФА ЖЧ-2026'да қанча даромад топди? 0 12:05Оливейра Махачевга маслаҳат берди 0 11:38Таэквондочиларимиз Жанубий Кореядаги халқаро турнирни 3 та медаль билан бошлашди 0 11:10Нурсултон Рўзибоев яна Америка томон йўл олди (ФОТО) 0

04 iyu 12:55
Yangiliklar

Paralimpiya

Los-Anjeles-2028 XVIII yozgi Paralimpiya o'yinlarining musobaqalar dasturi elon qilindi

Bu haqda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi axborot xizmati xabar berdi.

"Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi (IPC) boshqaruv kengashi 2028 yilda Amerika Qo'shma SHtatlarining Los-Anjeles shahrida o'tkaziladigan XVIII yozgi Paralimpiya o'yinlarining musobaqalar dasturi va para sportchilar uchun qancha miqdorda yo'llanmalar ajratilishi bo'yicha malumotnomani Milliy Paralimpiya qo'mitalari etiboriga taqdim qildi.

Ahamiyatlisi, Los-Anejelesdagi to'rt yillikning eng muhim turnirida Paralimpiya o'yinlari tarixidagi eng ko'p medallar jamg'armasi o'ynaladi.

Sport turlarining yangilangangan ro'yxatiga ko'ra, Los-Anjeles-2028 Paralimpiya o'yinlarida para qoyani zabt etish sporti bo'yicha ilk bor musobaqalar o'tkaziladi. Yana bir ahamiyatli tomoni, bu safargi o'yinlarda ayol sportchilar ishtirok etadigan dasturlar soni yanada ko'paytirildi. Los-Anjeles-2028 yozgi Paralimpiya o'yinlarida erkaklar o'rtasida 267 ta, ayollar o'rtasida 247 ta, aralash jamoaviy yo'nalishda 46 ta, jami 560 ta dasturda medallar o'ynaladi. Dasturlar soni Parij-2024 yozgi Paralimpiadasiga nisbatan 11 ta ko'p ekanini ham takidlash lozim.

Okean ortida o'tadigan o'yinlar uchun ajratilayotgan umumiy yo'llanmalar soni esa o'tgan yili Franciya mezbonlik qilgan yozgi Paralimpiya bahslaridagidan 80 taga ko'p ekanini ko'rishimiz mumkin. Los-Anjeles-2028 yozgi Paralimpiya o'yinlarida 23 ta sport turi doirasida jami 4480 ta kvota ajratiladi", deyiladi MPQ xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing