So’nggi yangiliklar

09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0 07:17Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0

18 noy 09:20
Yangiliklar

Kurash

Mukofot jamg'armasi 400 mln so'm bo'lgan kurash bo'yicha "Toshkent shahar prokurori kubogi-2022" yakunlandi FOTOGALEREYA

Kurash bo'yicha Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar kurash federaciyasi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ananaviy “Toshkent shahar prokurori kubogi - 2022” ochiq turniri yakuniga etdi.

Poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida o'tgan musobaqada mamlakatimizning eng sara va kuchli to'rt yuz nafardan ziyod  polvoni g'oliblik uchun gilamga chiqdi.

Musobaqaning tantanali ochilish va taqdirlash marosimlarida O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komiljon Yusupov, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig'i Sardorbek Karimov, Toshkent shahar prokurori, Toshkent shahar kurash federaciyasi raisi Ulug'bek Qosimov, shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Aziz Toshpo'latov, Toshkent shahar Xalq qabulxonasi boshlig'i Tohir Mullajonov, Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliev ishtirok etdi.

Ananaviy musobaqaning mutloq vazn toifasida g'olibga — bosh sovrin 100 000 000 so'm, diplom, medal va maxsus kubok topshirildi. Ikkinchi o'rin sohibiga 30 000 000 so'm va uchinchi pog'onani egallagan kurashchilarga 5 000 000 so'mdan mukofot topshirildi.

Qolgan vazn toifalarida birinchi o'rin egasiga 20 000 000 so'm, ikkinchi o'ringa 8 000 000 so'm va bronza medali sohiblariga 3 000 000 so'mdan mukofot berildi.

Kurash muxlislarini ikki kun zo'r hayajonda ushlab turgan nufuzli musobaqada o'z vazn toifalarida erkaklar o'rtasida Rahmon Jumaev (60 kg), Ruslan Bo'riev (66 kg), Elbek Tojiev (73 kg), Umar Bozorov (81 kg), Javohir Mirzamurodov (90 kg), SHerali Jo'raev (mutloq), ayollar o'rtasida Komila Qahhorova (57 kg), Rahima Yo'ldosheva (+78 kg)lar tengsiz, deb topildilar.

Kurash bo'yicha Toshkent shahar prokurori kubogining barcha g'olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Ayollar o'rtasida

57 kg

1. Qahhorova Komila

2. Jo'raeva Gulhayo

3. Ahmedova Sevinch

3. Esonova Sarvinoz


+ 78 kg

1. Yo'ldosheva Rahima

2. Erkinbaeva Saneayim

3. Adasheva Ravza

3. SHodmonova Sitora

Erkaklar o'rtasida

60 kg

1. Jumaev Rahmon

2. Saidqulov Sanjar

3. Sodiqov Quvonch

3. Xudoyqulov Humoyun


66 kg

1. Bo'riev Ruslan

2. Boboev Bahodir

3. Musurmonov Zafar

3. Hasanov Otabek


73 kg

1. Tojiev Elbek

2. Safarov Javohir

3. Norbo'taev Asad

3. Berdishukurov Sardor


81 kg

1. Bozorov Umar

2. Ziyodullaev Ahror

3. Sodiqov O'rol

3. Boboev G'iyos


90 kg

1. Mirzamurodov Javohir

2. Qozoqov Erkin

3. Xurramov Ernazar

3. Tojiev Arslonbek


+ 90 kg (mutloq)

1. Jo'raev SHerali

2. Mamatrahimov Jamshid

3. Xurramov Muhammadkarim

3. Xurramov Sardor.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing