So’nggi yangiliklar

15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0 13:51"У энди камарга бундан яқинроқ бўла олмайди". Пимблетт Царукянни UFC 319даги ҳаракатлари учун танқид қилди 0 13:27Қозоғистонлик Иван Дичко Канело — Кроуфорд оқшомида таниқли боксчи билан жанг қилади 0 13:05Аввалига ўзбек мухлисларини танқид қилиб, кейин Нурсултон Рўзибоев билан жанги бекор бўлган Брайан Баттл UFC'дан хайдалди 0 12:43АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди 0 12:21Анвар Анваров Бриллиант лига турнирида ғалаба қозонди 0 12:00Жон Жонс Чимаев билан бирга машғулот ўтказиш истагини билдирди 0 11:39Олимпиада чемпиони ММАда дебют қилади 0 11:18Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 10:57Буни кутмаганингиз аниқ: Жервонта Дэвис Жейк Пол билан жанг қиладиган бўлди 0

25 iyu 16:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev - Ronni Rios jangi uchun maxsus prevyu

Teglar :  Murodjon Ahmadaliev
Bizning vaqt bilan 26 iyun tongida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev Ronni Riosga qarshi himoya jangini o'tkazadi.

Jangda Murodjonga tegishli IBF va WBA kamarlari o'rtaga qo'yiladi. Bahs San-Antoniodagi “Tech Port Arena”da bo'lib o'tadi.

Bokschilarning professional faoliyatidagi natijalari:

Murodjon Ahmadaliev: 10-0-0 (7 KO)

Ahmadaliev birinchi yarim engil vazn toifasida WBA Super va IBF yo'nalishlari bo'yicha amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. U 2020 yilda Daniel Romanga qarshi jangda bu kamarlarga ega chiqqan. SHu tariqa, hamyurtimiz Leon Spinksning rekordini takrorladi va professional faoliyatidagi 8-jangida ikki kamarni birlashtirdi.

Ahmadaliev boy havaskorlik faoliyatiga ega. U Osiyo chempionatining oltin, shuningdek, jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarining medallariga ega.

Ahmadaliev Riosga qarshi jangdan avval ikki bor kamarini ishonchli himoya qila oladi. 2021 yilda u IBF kamariga majburiy davogar sobiq jahon chempioni Ryosuke Ivasani, keyin esa Xose Velaskesni mag'lub etdi.


Ronni Rios: 33-3-0 (16 KO)

Rios WBA uchun majburiy davogar hisoblanadi.

Havaskor sifatida u ikki marta AQSH chempioni bo'ldi va «Oltin qo'lqop» turnirida g'olib chiqdi.

2017 yilda u xuddi shu vaznda WBC chempionligini qo'lga kiritgan, biroq keyinchalik Rey Vargasga qarshi jangda kamaridan mahrum bo'lgan. Riosning rekordida yana ikkita mag'lubiyat bor. U Robinson Kastellanos va Azat Ovannisyanga muddatidan oldin mag'lub bo'lgan.

2019 yilda u muvaffaqiyatli seriyani boshladi. U Diego De La Xoyaga qarshi anderdog sifatida ringga ko'tarildi va raqibini 6-raundda nokaut qildi. SHundan so'ng Ugo Berrio va Oskar Negrete bilan janglarda muvaffaqiyatini mustahkamladi.

Jang uslubi:

Ahmadaliev — chapaqay, Rios esa o'naqay. AQSH vakilining bo'yi bokschimizdan ozgina balandroq. Hamyurtimiz janglarni asosan o'rta masofada o'tkazadi. Ahmadaliev ringda asosan birinchi raqamli agressiv boks ko'rsatadi, ring burchaklaridan to'g'ri foydalanadi va oyoq bilan yaxshi ishlaydi.

Rios esa tanaga yaxshi zarba yo'llay oladi. SHuningdek, chap qo'li bilan yo'llaydigan huk zarbalari ham ancha kuchli. Roni ham xuddi Mudodjon singari o'rta masofada ishlashni maqul ko'radigan bokschilardan.

Jang oqshomining asosiy kardi translyaciyasi 26 iyun kuni  soat 05:00da "Sport" telekanalida boshlanadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
26 iyu 07:17:34
Баходир Абдуллаев
Спорт тв ПОЗОР. Хамюртимиз килаётган жангни жонли курсатиш хам кулидан келмади. Интернетда курармиш биз. Ссылка хам ташлаб беришмади, КУТЛАР.
   
25 iyu 17:19:36
Analitik
33-3-0 bo'ladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing