So’nggi yangiliklar

09:17Усик — Верхувен жанги статистикаси эълон қилинди 0 08:53Португалияда сенсация: Иккинчи дивизион вакили Кубок финалида "Спортинг"ни мағлуб этди! 0 08:28Тарихий натижа! Юнон-рум курашчиларимиз 7 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 08:01Ислам Махачев UFC’даги навбатдаги жанги санасини тасдиқлади 0 19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0 14:49Александр Усик Верхувенни фаолиятидаги энг қийин рақиб деб атади 0

18 avg 19:15
Yangiliklar

Futbol

SHavkat Mirziyoev Yuqori CHirchiq tumanida barpo etilgan Milliy futbol markazini borib ko'rdi

Davlatimiz rahbari ikki yil oldin bu erga tashrif buyurib, mavjud stadionga tutash hududda zamonaviy majmua bunyod etish zarurligini aytgan edi.

Ko'p o'tmay, 2023 yil 3 noyabrda “Futbol-talim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” Prezident qarori imzolandi.

Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan mazkur markaz bunda juda muhim bo'g'in. Bu erda bir vaqtning o'zida 6 ta terma jamoamizning o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish imkoniyati bor. Buning uchun stadionlar, o'quv binolari, sport zallari, mehmonxona barpo etilgan. Plyaj futboli maydoni, futzal maneji, basseyn va reabilitaciya bo'limi qo'shimcha qulayliklar yaratgan.

Majmuada professional futbolchi va mutaxassislarni tayyorlash uchun to'rtta tuzilma tashkil etildi. Bular - Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitaciya markazidir.

Prezidentimiz ularda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Futbol tibbiyoti va reabilitaciyasi bo'limiga xorijiy uskunalar olib kelingan, eng ilg'or uslublar o'zlashtirilgan. Bu futbolchilarga qisqa vaqt ichida jismonan tiklanish imkoniyatini beradi.

Futbol akademiyasida yosh istedodlar saralanib, tarbiyalanadi. Buni xalqaro darajada tashkil etish uchun markazga Argentina, Vengriya va Xorvatiya kabi davlatlardan mutaxassislar jalb qilingan. Ular malakali murabbiy, hakam, tahlilchi, selekcioner va futbol menejerlarini tayyorlashda ishtirok etmoqda. Majmuada “VAR markazi” ham tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari shu erda sport faxriylari va yosh futbolchilar bilan suhbatlashdi. O'zbekistonda futbol eng ommaviy sport ekani, uni rivojlantirish izchil davom ettirilishi takidlandi.

Keyingi yillarda futbol tizimi tubdan yaxshilandi. Bolalar futboli, to'garakalardan tortib akademiyalar, jamoalar, chempionatgacha etibor kuchaydi. Natijalar birin-ketin bo'y ko'rsatmoqda. Ularning eng muhimi – Vatanimiz tarixida birinchi marta milliy terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqqani bo'ldi.

Yana bir shonli yutuq aprelda Caudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Osiyo kubogida qo'lga kiritildi. 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar terma jamoamiz unda birinchi o'rinni egallab, jahon chempionatiga yo'llanma olgan edi.

Prezidentimiz ushbu qahramon futbolchilarimiz bilan uchrashib, ularga mehr-etiborini izhor qildi.

– Biz hamma sohada dunyoda munosib o'rin egallashga intilayapmiz. Sportchilarimiz buni tezroq etkaza oladi. Sizlar irodali g'alabangiz bilan, xalqimiz mehnat qilsa, harakat qilsa, hamma narsaga qodir ekanini yana bir bor isbotladingiz. Butun dunyo sizning timsolingizda azmu shijoatli, g'ururi baland, hech qachon intilishdan qaytmaydigan yangi O'zbekiston avlodini ko'rdi. Endi futbolni hozirgidan ham 2-3 karra ko'proq qo'llab-quvvatlaymiz. Sizdek yoshlar xalqimizning ishonchi, Prezidentning quvonchisizlar, – dedi SHavkat Mirziyoev.

Sportchilar bu sharoitlar uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, xalqimiz ishonchini oqlashga vada berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing