So’nggi yangiliklar

18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0

01 iyu 14:36
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev Toshkentga qaytib keldi

Teglar :  Murodjon Ahmadaliev
KAKA Vatanga qaytdi.

Murodjon Ahmadaliev 25 iyun kuni WBA kamarini Roni Riosdan muvaffaqiyatli himoya qildi. Bugun bokschimiz Toshkentga qaytib keldi. KAKA tantanali tarzda kutib olindi hamda OAV vakillarining savollariga javob berdi:

"Ikkinchi raundda qo'limdan jarohat oldim, ring tashqarisida murabbiylar, do'stlarim ishlashim kerakligini qayta-qayta takrorlashyapti. Lekin o'zimdan o'tayotganini o'zim bilaman. Qo'limni og'rig'i miyamga chiqib ketyapti. Og'riq bilan murabbiyni ko'rsatuvini qabul qilish juda qiyin. Zarba berishga berasiz, lekin keyingi raundlarga qo'lingiz bardosh bermaydi. Oxirgi raundda tavakkal qildim, chuni ortga yo'l yo'q edi. Jarohatga qaramay oldinga harakat qildim va g'alaba qozondim.

Bitta jangga 3-4 oylab tayyorgalik ko'ramiz, dieta qilamiz. Bitta jarohat uchun shuncha tayyorgarlikni nega yo'qqa chiqarishim kerak? Nima bo'lishidan qati nazar, mehnatga yarasha o'zingizni ko'rsatishingiz kerak. 

Ringni ichida bo'layotganlarni bokschini o'zi yaxshi his qiladi. Men murabbiylarni ko'rsatmasini bajarishga harakat qilmoqchiman, biroq tavakkal qilsam keyingi raundlarda qanday ishlayman degan qo'rquv ham bo'ldi. Lekin nima bo'lsa bo'ldi, qo'lim sinib ketsa ham oxirigacha tushaman dedim. 

Bu jangni faoliyatimdagi eng qiyini deyishim mumkin.

Burchagimdagilar raundlar oralig'ida birdaniga 3 xil tilda ko'rsatma berishdi...

U vaqtda aytmoqchi edim, to'xtanglar, bitta-bitta gapiringlar, deb. Ichimdan nima o'tayotganini bilyapman, navbat bilan gapiringlar, hammasi yaxshi ketyapti, demoqchi edim... Hamma gapiryapti, qo'limni og'rig'i miyamga etib kelyapti. Bunday holatda atrofdagi gaplarni qabul qilish ham qiyin. CHunki sportchini o'zi biladi, nima ko'proq to'g'ri ekanligini. 

Fultonning chorloviga qanday munosabatdaman?

-Promouter, menejerlarimiz bu masalada muzokoralar olib borishadi. Katta ehtimol bilan keyingi jangim Fultonga qarshi bo'ladi"

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing