So’nggi yangiliklar

18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0 14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0

13 may 18:35
Yangiliklar

Og'ir atletika

Muzaffar og'ir atletikachilarimiz tantanali ravishda kutib olindi FOTOREPORTAJ

Tun yarmidan oqqanda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida og'ir atletikachilarimizni kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

Greciyaning Iraklion shahrida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida 12 ta medal qo'lga kiritgan og'ir atletikachilarimiz tantanali kutib olindi.

Yarim tun bo'lishiga qaramay, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov, OAV xodimlari hamda sportchilarning ota-onalari chempionlarni tantanali ravishda kutib olishdi.

Musobaqada dunyoning 61 ta davlatidan jami 304 nafar sportchi g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Yakuniy natijalarga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi jami 12 ta medalga sazovor bo'ldi, shundan 5 tasi oltin, 5 tasi kumush va 2 tasi bronza medallaridir.

Jahon chempionatida O'zbekiston sharafini 6 nafar sportchimiz himoya qildi va ular quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Panfilova Jamila (-55 kg vazn toifasida) – 2 ta bronza;

Olimov Hojiakbar (-89 kg) – 1 ta kumush;

Jabborova Tursunoy (-87 kg) – 3 ta oltin;

Amriddinov SHarofiddin (-102 kg) – 2 ta oltin, 1ta kumush;

Mirzaboev Mirhosil (+109 kg) – 3 ta kumush medal.

Malumot uchun, og'ir atletikachilarimiz yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida o'z shaxsiy rekordlarini yangilashga muvaffaq bo'lishdi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing