So’nggi yangiliklar

19:55"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради 0 19:39Мутал Назаров Лас-Вегасда ўтган American FullContact Karate турнирининг энг яхши ҳаками деб топилди 0 19:07Исроил Мадримов: "Канело Кроуфордни муддатидан аввал енгиши мумкин" 0 18:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади? 0 18:23Собиқ жаҳон чемпиони кичик Чавес Мексикада ҳибсдан озод этилди 0 18:01Чарльз Оливейра: "11 октябрь куни барча танқидчиларнинг овозини ўчираман" 0 17:38"Чимаев тарихдаги энг зўр ўрта вазнли" - менежер 0 17:16Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган? 0 16:52Белбоғли курашчиларимиз жаҳон Кубоги ва халқаро турнирда шоҳсупага кўтарилишди 0 16:42Дзюдо бўйича Жаҳон чемпионатининг иккинчи куни ҳам аниқ медаль бўлади 0 16:27Енгил атлетика бўйича Жаҳон чемпионатида беш нафар ўзбекистонлик спортчи қатнашади 0 16:01Разамбек Жамалов Лос-Анжелесни "разведка" қилди (ФОТО) 0 15:39Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади 0 15:17"UFCга ҳозирча Россиядан жангчилар керак эмас". Немков PFL билан шартномани узайтирганини айтди 0 14:53Тони Фергюсон қайси жанглар учун UFC'га қайтишга тайёр эканлигини айтди 0

12 okt 11:58
Yangiliklar

Kurash

Namanganlik polvonlarimiz Ufa shahridagi musobaqada shohsupaga ko'tarilishdi + FOTO

Teglar :  Belbog'li kurash
9-11 oktyabr kunlari Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasi Ufa shahrida belbog'li kurash buyicha xalqaro "Do'stlik kubogi" turniri o'tkazildi.

Ushbu Respublika kuniga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnir shu yil sentyabr oyida Namangan shahrida Boshqordiston Respublikasi sport delegaciyasi va Namangan viloyati hokimligi o'rtasida sportni rivojlantirish buyicha tuzilgan memorandumga muvofiq tashkil etildi. 

Mazkur musobaqada Baxtiyor Turg'unpo'latov bosh murabbiyligidagi etti nafar polvonimiz belbog'li kurash bo'yicha Namangan viloyati terma jamoasi tarkibida yurtimiz sharafini himoya qilishdi.

Xalqaro turnirda shuningdek, Jahon belbog'li kurash federaciyasi (JBKA) prezidenti Aziz G'aniev, Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi raisi Mo'min Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Namangan viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Anvarjon To'ychievlar ham ishtirok etishdi. 

Alohida takidlash lozim, Ufa shahriga tashrif buyurgan delegaciyamizni mezbonlar hamda Tashqi mehnat migraciyasi agentligi Rossiya Federaciyasidagi vakolatxonasining Boshqordiston Respublikasi Ufa shahridagi vakillari munosib tarzda kutib olishdi. 

Musobaqada sportchilarimizdan 52 kg. vazn toifasida Moxigul Ibragimova, 68 kg. da Murodjon Hamidov, 75 kg. da Abdurasul Xabibullaev, 82 kg. da Muhiddin Nuraliev, 90 kg. da Iskandar Ismoilov, 100 kg. da Rustam Umarov, +100 kg. da Latifjon Badalovlar ishtirok etib, jamoaviy bellashuvlarda finalga qadar etib kelishdi. 

Hal qiluvchi so'nggi bosqichda polvonlarimiz  mezbonlar jamoasiga qarshi kurash tushishdi va 4-3 hisobi bilan Boshqordiston jamoasining qo'li baland keldi. Final bahslarida polvonlarimizdan Murodjon Hamidov, Muhriddin Nuraliev, Rustam Umarovlar raqiblaridan ustun kelib, g'alaba qozonishdi. 

Sportchilarmiz esa yakuniy natijalarga ko'ra, shohsupaning ikkinchi pog'onasidan joy olishdi. Musobaqa yakunlangach tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Taqdirlash marosimida Boshqirdiston Respublikasi Sport vaziri R. Xabibov, JBKA prezidenti A. G'aniev, Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi raisi M. Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi R. Dastirov, Namangan viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i A. To'ychiev va boshqalar ishtirok etishdi. 

Xalqaro turnir doirasida o'zaro hamkorlikni davom ettirish xususida kelishib olindi. SHuningdek, Ufa shahrida Respublika kuniga bag'ishlangan madaniy tadbirlar o'tkazilib, unda vakillarimiz ham taklif etildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing