28 avg 19:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov: "Kanelo Kroufordni muddatidan avval engishi mumkin"
Professional boks bo'yicha o'zbekistonlik sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov Saul Alvares va Terens Krouford o'rtasidagi bo'lajak jang haqida gapridi.
Ushbu qarama-qarshilik 14 sentyabr kuni Las-Vegasda (AQSH) bo'lib o'tadi.
"Agar Krouford ortiqcha vaznga ega bo'lmasa, u g'alaba qozonishi mumkin. Imkoniyat bor. Ortiqcha vazn bo'lmasa, imkoniyatlar 50 ga 50 bo'ladi. Krouford g'alaba qozonishi mumkin, Kaneloda ham xuddi shunday. Terens ortiqcha vazn yig'sa, o'ziga qiyin bo'ladi. Bunday holatda Kanelo muddatidan oldin ham g'alaba qozonishi mumkin", dedi Madrimov.
Malumot o'rnida, Isroil 2024 yil avgust oyida Terens Krouford bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : iFL.TV
Fikrlar