28 avg 18:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni kichik CHaves Meksikada hibsdan ozod etildi
Prof boksning o'rta vaznida sobiq chempion, narkokartelga aloqadorlikda ayblanib, AQSHdan ekstradiciya qilingan 39 yoshli kichik Xulio Sezar CHaves ozodlikka chiqdi.
ESPN xabariga ko'ra, Ermosilo sudyasi CHavesni sudgacha hibsda saqlash shart emas, degan qarorga kelgan.
Biroq unga mamlakatni tark etish taqiqlangan.
CHaves iyun oyida Jeyk Pol bilan jangidan bir necha kun o'tib hibsga olingan edi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar