So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

28 avg 18:45
Yangiliklar

Futbol

Jahon chempionatigacha: Bentuda terma jamoani tayyorlash uchun qancha vaqt bo'ladi?

Teglar :  Paulu Bentu
AQSH, Meksika, Kanada mezbonlik qiladigan 2026 yilgi Jahon chempionatiga taqvim jihatdan ko'p vaqt bo'lsa, bu futbolda juda kamdir.

Sir emaski, terma jamoalar klubga o'xshab har kuni emas, faqat FIFA kunlarida yig'ilishadi. Jamoa ustozi esa mana shu kunlardagina unumli foydalanib o'z uslubini, taktik qarashlarini singdiradi. Xo'sh, Bentu terma jamoamizni qo'lga olsa, Jahon chempionatiga qadar tayyorgarlik uchun qancha vaqt bo'ladi?

CAFA turnirini o'z ichiga olgan bu FIFA kunlarini hisobga olmaymiz. Kapadze katta ehtimol shu bilan ishini tugatib qo'yadi. 

Bentu ilk yig'inni 6-14 oktyabr kunlari olib boradi. Unga qadar Superliga, Elit OCHL, OCHL uchrashuvlari bor. Demak oktyabr oyidagi FIFA kunlarida 2 ta uchrashuv o'tkazish imkoniyati mavjud.

Navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari FIFA kunlarining 10-18 noyabr sanalariga to'g'ri kelmoqda. Xalqaro maydondagi klublarimiz uchun mavsum dekabr oyida yakunlanadi. Taqvimga ko'ra 21 dekabrdan 18 yanvargacha bo'sh kunlar bor, lekin futbolchilar tatilda bo'lishini va mavsumni kech tugatishini hisobga olsak, yanvar oyida yig'in tashkil qilishi ehtimoli bor. Lekin futbolchi mavsumga klubi bilan to'liq tayyorgarlik qilishi kerak. Yanvarda Bentu yig'in o'tkazadimi yoki yo'q aniq emas. Uning qarashlari qanday, qachon va qaysi payt yig'adi bilmaymiz.

Mart oyining boshida ichki chempionat bahslari start oladi. Xalqaro maydondagilar uchun undan avvalroq. Endi O'zbekiston terma jamoasi 23-31 mart sanalarida to'planishadi va tayyorgarlikni davom ettirishadi. Bunda ham 8 kunlik muddat belgilangan. 

Oxirgi tayyorgarlik jarayonlari 1-9 iyun sanalari oralig'ida bo'lib o'tadi. 

Umumiy hisobda plyus-minus 40 kunga yaqin vaqt bor ekan. Bu erda yanvar oyidagi yig'inlar inobatga olinmagan. Ehtimol sifatida ko'rilgan.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing