So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

29 avg 15:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Paulo Kosta Xamzat CHimaev bilan chempionlik jangi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi yarim og'ir vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun bo'ladigan jangda uning raqibi tashkilotning o'rta vaznidagi sobiq chempioni Xamzat CHimaev bo'lishi mumkinligiga ishora qildi.

Kosta ijtimoiy tarmoqlarda liga matchmeykerlari 3 oktyabr kuni Solt-Leyk-Sitida bo'lib o'tadigan UFC 332 turnirining asosiy voqeasi doirasida vaqtinchalik kamar uchun jang o'tkazish masalasida "Borz" jamoasi bilan bog'langani haqidagi insayderlik malumotini elon qildi.

"U yarim o'rta vaznga yoki qaerdan kelgan bo'lsa, o'sha yoqqa qaytishi kerak – yarim og'ir vazn toifasi u uchun emas. Bu unga og'irlik qiladi. Lekin baribir, xush kelibdi", – deb yozdi Kosta.

Hozircha bu malumot qanchalik asosli ekani yoki braziliyalik jangchi shunchaki o'ziga etiborni qaratmoqchi bo'lgani nomalum.

Xamzat CHimaev va Paulo Kosta o'rtasidagi jang aslida 2023 yil oktyabr oyida Abu-Dabida bo'lib o'tgan UFC 294 turnirida bo'lishi kerak edi. Biroq braziliyalik jangchi stafilokokk infekciyasi tufayli musobaqada qatnasha olmagan, rossiyalik sportchi esa Kamaru Usmanga qarshi oktagonga chiqib, hakamlarning ko'pchilik ovozi bilan g'alaba qozongan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing