So’nggi yangiliklar

12:15Хабибнинг яна бир жамодоши UFC'га ўтди 0 11:54Разамбек Жамалов ўнинчи операциядан кейинги ҳолати ҳақида маълумот берди 0 11:33Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди 0 11:12UFC рейтинги янгиланди: Топурия P4P рейтингининг янги қироли! 0 10:51Навоий “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси кучлиларни аниқлади ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:30Фьюри, Жошуа, Кроуфорд каби машҳурлар Мадияр Саидраҳимов иштирокидаги IBA турнирига ташриф буюришади 0 10:09ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин 0 09:48Жаҳон кубоги. Илк кунни битта ғалаба ва битта мағлубият билан бошладик, бугун яна уч ҳамюртимиз рингга чиқади 0 09:27Сув спорт турлари бўйича Жаҳон чемпионати учун таркибларимиз аниқ бўлди 0 09:06Авлиёхон Ҳамидов Тошкентда жанг қилади, рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 08:45Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди 0 19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0

21 apr 17:45
Yangiliklar

Sport kurashlari

Nodirjon Safarov: "Osiyoda erkin kurash rivojlanib boryapti"

Teglar :  Erkin kurashSafarov
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, erkin kurash bo'yicha Osiyo chempionatining ilk kuniyoq ikki nafar sportchimiz g'olib va sovrindorlar safidan joy oldi. Saralash bahslaridan so'ng uch nafar kurashchimizning kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqishi oydinlashgandi. 

70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sirojiddin Hasanov finalda oltin medal uchun kurashdi va afsuski, qozog'istonlik Sirbaz Talgatga 2-6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

57 kg vazndagi kurashchimiz Nodirjon Safarov bronza medali uchun bo'lib o'tgan uchrashuvda falanstinlik Ali Aburumaylani 12-2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Terma jamoamizning 65 kg vazn toifasidagi vakili Nodir Rahimov esa bronza medali uchun bellashuvda eronlik Morteza Giasi CHekaga yutqazdi. 

Biz Osiyo chempionatidan qaytib kelgan terma jamoamiz azosi Nodirjon Safarovdan intervyu oldik.


- Nodirjon, Osiyo chempionatining har qanday medali ham qadrli hisoblanadi. Suhbatimiz avvalida taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Biz terma jamoamiz bilan birgalikda bu musobaqaga uch oy davomida tayyorgarlik ko'rgandik. Murabbiylarimiz bilan birga o'quv-mashg'ulot yig'inlari davomida raqiblarni ham jiddiy tarzda o'rgangandik. Endi har doim ham o'ylagan rejalaringiz amalga oshavermaydi. Hech kim musobaqaga yutqazaman deb kelmaydi. Bu safar bronza bo'lib qoldi. Keyingi musobaqalarimizda oltin medal uchun harakat qilamiz. 

- Bu galgi Osiyo chempionati saviya jihatidan avvalgilaridan farq qildimi? 

- Albatta. Kutilmagan natijalari bilan ham bu galgi Osiyo chempionati avvalgilaridan farq qildi. Masalan, men bronza medali uchun bellashuvda falastinlik raqib bilan kurashdim. Bu davlat vakillarining shunchaki musobaqalarga kelishi katta natija hisoblanardi. Hozir ular medallar uchun kurashishyapti. Favorit hisoblangan kurashchilar yutqazib qo'yishdi. Erkin kurash Osiyoning deyarli barcha davlatlarida rivojlanib boryapti. 

- Endi rejalar qanday? Qaysi musobaqalarda ishtirok etasizlar?

- Oldinda jahon chempionati bor. Yilning eng nufuzli musobaqasiga tayyorgarlik ko'ramiz. SHuningdek, O'zbekiston kubogi ham bor. Xalqaro musobaqalar hamda o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ham ishtirok etamiz.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing