So’nggi yangiliklar

19:04Синнер 12 000 рейтинг очкоси жамғарган бешинчи теннисчи бўлди 0 18:43Эксперт — Махачев бир ҳолатдагина Топурия билан жанг қилади 0 18:22Шакил О'Нил Майк Тайсон билан учрашди + ФОТО 0 18:01Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди 0 17:40Жангига 5 кун қолган 46 ёшли Мэнни Пакьяо айни пайтдаги актуал формасини кўрсатди + ФОТО 0 17:19Жанги бекор қилинган Мовсар Евлоев UFC рейтингида 1-ўринга кўтарилиб олди 0 16:58Ўзбекистонлик ММА жангчиси АҚШ визасини олди ва кейинги жанги нуфузли Лигада бўлишини эълон қилди 0 16:37"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи 0 16:20"Корея Опен": Таэквондочилар илк кунда 2 та медаль қўлга киритишди 0 16:16Жаҳон чемпионатида қатнашадиган қиличбозларимиз таркиби маълум 0 15:55Жервонта ва Роуч жанги Дэвиснинг ҳибсга олиниши сабаб қолдирилиши мумкин 0 15:51Шахмат. Умида Омонова Жаҳон кубогида янги рекордни ўрнатди 0 15:34Дмитрий Чигирёв ва Екатерина Гейниш янги мавсум учун тайёргарликни бошлади (ВИДЕО) 0 15:13Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди 0 14:52WBC рейтинги янгиланди: Ундан 6 нафар боксчимиз ўрин олди 0

05 dek 07:22
Yangiliklar

Tennis

Novak Jokovich: "Kuchli juftliksiz "Devis Kubogi"ni yutib bo'lmaydi"

Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich "Devis Kubogi" yarim finalida Xorvatiyadan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

"Biz kortga g'alabaga ishongan holda chiqdik. Agar oq bayroqni tashlashga tayyor bo'lsak, nima uchun maydonga chiqamiz? Biz har doim bu o'yin qarama-qarshilikdagi eng qiyini bo'lishini bilardik. CHunki, bizga dunyodagi eng yaxshi juftlik raqiblik qilayotgandi. Ular har doim birga o'ynashadi va bir-birlarini juda yaxshi tushunishadi. Ular juftlik o'yinlarida mutaxassis tennischilar. Bu ularning o'yini, ular shunga etibor qaratishgan.

Biz u qadar ko'p tandemda o'ynamaganmiz. "Devis Kubogi"ni qo'lga kiritish uchun bizga juftlik o'yinlari bo'yicha ko'proq mutaxassis va kuchli juftlik kerak. Aks holda g'alaba qozonish qiyin bo'ladi. Bu xuddi maydondagi lotereyaga o'xshaydi, chunki ular bir-birlarini juda yaxshi tushunib harakat qilishadi. Ular to'p qaerga harakatlanishini aniq bilishadi.

Biz uchun bunday emas. To'pni maydon o'rtasiga olib chiqamiz, yakkalik bahslarida bu etarli. Ammo, juftlikda ular bu hududni qamrab oladi va osongina ochko yutadi. Muvaffaqiyatsiz bo'lsangiz, muammolar boshlanadi. Ular o'yin davomida bizga bosim o'tkazishdi. Biz harakat qildik, lekin bu natija bermadi. Biz albatta, juftliklar o'yinida yaxshilanishimiz kerak. Terma jamoaga doim birga o'ynaydigan juftlik kerak, aks holda har bir bunday o'yin Everestni zabt etishdek bo'laveradi", - deya Jokovichning so'zlaridan iqtibos keltiradi Okko Sport.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing