07 avg 11:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Octagon League Odilxon, Erkebulan va Kamil Karatening keyingi raqiblari kim bo'lishini elon qildi, Kamolov ukasi uchun qasos olmoqchi!
16 avgust kuni Qozog'istonning Olma-Ota viloyatidagi Konaev shahrida joylashgan ASP Arena majmuasida MMA bo'yicha Octagon 77 turniri o'tkaziladi.
Avval xabar berganimizdek, musobaqa doirasida taniqli pop-MMA jangchilari — hamyurtimiz Odilxon Kamolov, qozog'istonlik Erkebulan Toktar va Tojikiston vakili Kamil Karate ham ishtirok etadi.
Liganing malum qilishicha, Toktar (10-3) markaziy jangda eronlik Farzad Gaderi (18-14) bilan to'qnash keladi.
Qamariddin Hasanov (Kamil Karate, 7-3) esa boshqa bir eronlik sportchi Rahmoniga (3-0) qarshi bahs olib boradi.
O'zbekiston vakili Odilxon Kamolov (6-4) esa kutilmaganda o'zbek sportchisi bilan jang qilishi malum bo'ldi. U yanvar oyida ukasi Nodirxon Kamolovni nokautga uchratgan Dilshod Madaliev (2-0) bilan bellashadi.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar