17 avg 11:41
Yangiliklar

Octagon 77: Erkebulan Toktar, Kamil Karate va Odilxon jang qilgan turnirda o'zbekistonlik sportchilar qanday natija qayd etdi?
Musobaqaning markaziy bellashuvida qozog'istonlik Erkebulan Toktar Eron vakili Farzad Gaderini ikkinchi raundda nokautga uchratdi.
Ikkinchi asosiy jangda Tojikiston sportchisi Kamil Karate esa eronlik Muhammad Raxmaniga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berdi.
Turnir doirasida jami besh nafar o'zbekistonlik sportchi chiqish qildi. Ularning natijalari quyidagicha:
Eng engil vaznda: Baxtiyor Bahromov - Mayrambek Janibek Uulu (Qirg'iziston), (hakamlarning yakdil qarori bilan);
Yarim o'rta vaznda: Diyorbek Bobonazarov - Magomed Maxamaev (Rossiya), (1-raundda KO-TKO);
Engil vaznda: Xo'jaqul Ergashev - Vitaliy CHernyavskiy (Qozog'iston), (hakamlarning yakdil qarori bilan);
Engil vaznda: Odilxon Kamolov - Dilshod Madaliev (1-raundda KO-TKO).
Fikrlar