So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

12 sen 15:05
Yangiliklar

Gandbol

Olmaliqlik gandbolchi qizlar “Mustaqillik kubogi” sohibalari + FOTO

Teglar :  Gandbol
5-11 sentyabr kunlari Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bazasida gandbol bo'yicha ayollar jamoalari o'rtasida “Mustaqillik kubogi” bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston gandbol federaciyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada Samarqand, Namangan, Sirdaryo viloyatlari, Toshkent shahri terma jamoasi, shuningdek, “Yoshlik” (Xorazm), ROPZK (Toshkent), OKMK (Toshkent vil.) va SK “Turan” (Turkiston, Qozog'iston) jamoalari bosh sovrin uchun o'zaro bahs olib borishdi. 

Yakuniy natijalarga etibor qaratsak, uchinchi o'rin uchun kechgan o'yinda Qozog'istonning “Turan” jamoasi Toshkent shahri terma jamoasini bir to'p farqi bilan mag'lubiyatga  uchratdi - 38:37. 

Finalda esa Toshkent viloyatining OKMK hamda Samarqand viloyati jamoalari ro'baro' kelishdi. Ushbu uchrashuv olmaliqlik gandbolchi qizlarning 44:33 hisobidagi g'alabasi bilan nihoyasiga etdi. 

Natijada OKMK jamoasi “Mustaqillik kubogi” sohibiga aylandi.

Musobaqaning yopilish marosimi tantanali tarzda tashkil etildi. G'olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan tegishli darajada taqdirlanishdi.

Yakuniy jadval: 1-o'rin. OKMK. 2-o'rin. Samarqand. 3-o'rin. SK “Turan”. 4-o'rin. Toshkent shahri. 5-o'rin. “Yoshlik”. 6-o'rin. Namangan. 7-o'rin. ROPZK. 8-o'rin. Sirdaryo.

Ushbu musobaqa noyabr oyining oxiri va dekabr oyining boshida Janubiy Koreya davlatida ayollar o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo chempionati oldidan O'zbekiston ayollar terma jamoasiga nomzodlarni saralab olish imkonini berdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing