So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

19 noy 10:39
Yangiliklar

Tadbirlar

Otabek Umarov yurtimizda Olimpizm va sport targ'iboti masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda qatnashdi

Teglar :  Otabek UmarovMOQ
Milliy olimpiya qo'mitasida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vice-prezidenti Otabek Umarov ishtirokida yurtimizda Olimpizm harakati va sport targ'iboti bo'yicha olib borilayotgan ishlar mavzusiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalarining mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda MOQ Bosh kotibi, «Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o'yinlari direkciyasi direktori Oybek Kasimov 21 noyabr kuni BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadigan OOKning navbatdagi Bosh Assambleyasi uchun tayyorlangan taqdimotni namoyish etdi. Takidlash joiz, Bosh Assambleyada delegaciyamiz qitadoshlarimizni ushbu taqdimot bilan tanishtiradi.

Ayni paytda Prezidentimizning qo'llab-quvvatlashi bilan bo'lajak musobaqaga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Taqdimot haqida malumot bergan Oybek Kasimov musobaqaga qurilayotgan obektlar, uning tarkibiga kiradigan sport turlari, transport va boshqa yo'nalishlar haqida to'xtaldi. SHuningdek, yig'ilishda MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov terma jamoalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik strategiyasi haqida malumot berdi.

Yig'ilish kun tartibiga muvofiq, ishtirokchilar kelasi yil yanvar oyida O'zbekiston MOQning 30 yilligini keng nishonlash bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar rejasini ham ko'rib chiqishdi. Tadbir davomida mamlakatimiz sporti taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish kabi shu va boshqa mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing