14 iyu 17:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Bogachuk keyingi jangini Kanelo - Krouford oqshomida o'tkazadi
Professional boksning super yarimo'rta vazn toifasidagi ukrainalik bokschi Sergey Bogachuk (26-2, 24 KO)ning navbatdagi jangi aniq bo'lib ulgurdi.
Uning raqibi nomi hozircha nomalum. Sergey 13 sentyabr kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan boks oqshomida ringga chiqadi. Musobaqaning markaziy jangi Bogachuk bilan bir vaznda WBA chempioni Terens Krouford hamda super o'rta vazn chempioni Saul Alvares o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, Sergey Bogachuk o'zining so'nggi jangini 17 may kuni AQSHda amerikalik Maykl Foksga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar