14 iyu 14:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Menejer Ankalaev - Pereyra revanshi qachon bo'lishini aytdi
Magomed Ankalaevning menejeri Ali Abdel-Aziz mijozi braziliyalik Aleks Pereyraga qarshi revansh jangini qachon o'tkazishini aytdi.
SHuningdek, Abdel-Aziz ushbu jang borasida o'z taxmini bilan ham o'rtoqlashdi.
"Agar bu yigitlar yana jang qilsa — ular, ehtimol, oktyabr oyida to'qnash keladi — bu holatda Aleks uchun natija yanada yomonroq bo'ladi. Ankalaev klinchda ushlab turishi, erda kurashishi, turib jang qilishi mumkin. Rostini aytsam, menimcha, Magomed ko'proq zarba yo'llashga mos jangchi, kurashchi emas. Biz uning Pereyrani nokdaunga tushirganini ko'rdik. Aleks unga hech qanday muammo tug'dirmadi", — dedi Abdel-Aziz.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar