14 iyu 16:51
Yangiliklar

Tennischimiz yangilangan WTA reytingida 104 pog'onaga ko'tarildi, Top-10`da yangilar
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Amerikalik Koko Goff ikkinchi o'rinni saqlab qoldi. Uimbldon turnirida chempion bo'lgan Iga Svyontek 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Jessika Pegula esa aksincha, 4-pog'onaga tushdi. Rossiyalik 18 yoshli Mirra Andreeva Top-5`da debyut qildi. Italiyalik Jasmin Paolini 5-o'rindan 9-pog'onaga tushib ketdi. Uimbldon turniri finalida yutqazgan Amanda Anisimova 12-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarildi.
Yangilangan reytingda 6 nafar tennis malikamizning teng yarmi o'z o'rinlarini yaxshilab olishdi. Birinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova 13, Diana Yakovleva 20, Milana Maslenkova esa 104 o'ringa ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Top-1000`talikni tark etgan Nigina Abduraimova hamda uchinchi raketkamiz Darya SHubina bir xilda 7, Sabrina Olimjonova esa 6 pog'onaga pastladi.
WTA reytingi. 14 iyul kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 12420 ochko
2. (2) Koko Goff (AQSH) - 7669
3. (4) Iga Svyontek (Polsha) - 6813
4. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 6423
5. (7) Mirra Andreeva (Rossiya) - 5163
6. (6) CHjen Cinven (Xitoy) - 4803
7. (12) Amanda Anisimova (AQSH) - 4470
8. (8) Medison Kiz (AQSH) - 4374
9. (5) Jasmin Paolini (Italiya) - 3576
10. (9) Paula Badosa (Ispaniya) - 3454
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
873 (886). Vlada Yakshibarova – 28
1018 (1025). Nigina Abduraimova – 17
1220 (1223). Darya SHubina – 9
1236 (1340). Milana Maslenkova – 9
1385 (1379). Sabrina Olimjonova – 5
1407 (1427). Diana Yakovleva – 4
Fikrlar