14 iyu 14:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore qaysi raqiblarining zarbasi eng kuchli bo'lganini aytdi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Dastin Pore o'zining janglarida eng qattiq va kuchli zarbalar bergan raqiblarini tilga oldi.
Uning so'zlariga ko'ra, bu – hamyurti Jastin Getji va irlandiyalik Konor Makgregor ekan.
"Aynan qaysi zarba haqida gaplashayapmiz? Men bir necha marta nokautga uchraganman. Getjiga qarshi revanshdagi xay-kik yoqimsiz bo'lgandi. Makgregor esa birinchi jangimizda meni yaxshi zarba bilan ushlagandi. U paytda juda yaxshi formada edi va zarba bera olardi", — dedi Pore Sportskeeda nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar