14 iyu 16:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Aloxon Abdullaev SHohjahon Ergashev tashkil etayotgan boks turnirining markaziy jangida ringga chiqadi + (To'liq kard)
19 iyul kuni Samarqand shahridagi "Amfiteatr" majmuasida professional bokschi SHohjahon Ergashev hammuallifligidagi boks musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqaning markaziy jangida namanganlik Jahon chempionati sovrindori Aloxon Abdullaev Qozog'iston vakili Almas Nayzabekovga qarshi bahs olib boradi. Janglarning soat 19:00 da boshlanishi belgilangan.
Aslida ushbu turnir Namangan shahrida tashkil etilishi kerak edi. Ammo Namanganda o'tkazilayotgan gullar festivali yana ikki haftaga cho'zilgani bois turnir manzili Samarqandga ko'chdi. Namangan avgust oyidagi boks turniriga mezbonlik qiladi.
Turnirning to'liq kardi quyidagicha:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar